O`zbekistondan Jahon chempionatini o`tkazish huquqining olib qo`yishdi!
FIFA ning ijroiya qo`mitasi navbatdagi majlisini 16-17 dekabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida o`tkazdi. Mana shu yig`ilishda FIFA Ijroiya qo`mitasi 2012 yili o`tkaziladigan 20 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida futbol bo`yicha musobaqaning O`zbekiston Futbol Federatsiyasidan mezbonlik huquqini olib qo`yish haqida qaror qabul qildi. FIFA vakillari bu xulosalarini O`zbekiston bu turnirni o`tkazish uchun bir qancha texnik kamchiliklari tufayli tayyor emasliklarini aytib o`tishgan.
Shunga qaramasdan FIFA O`zbekiston Futbol Federatsiyasiga o`z minnatdorchiligini bildirishdi: “FIFA bir yil avval O`zbekiston Futbol Federatsiyasi 2012 yilgi 20 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasidagi Jahon chempionatini V`etnamning o`rniga mezbon mamlakat sifatida o`tkazishga rozilik bildirgani va bu borada amalga oshirgan ishlari uchun o`z minnatdorchiligini izhor qilishdi va boshqa xalqaro musobaqalarni o`tkazishini topshirishlarini aytib o`tishgan.”
Yaponiya tarafidan esa bu birinchilk o`tkazish uchun kerakli bo`lgan barcha kafolatlar berilganidan keyin, FIFA Yaponiyani 2012 yili futbol bo`yicha 20 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida bo`lib o`tadigan birinchilikning rasmiy mezbon sifatida e`lon qiladi.
Да, яхши булмапти. Эх…. дегим келяптику лекин бундан нима фойда? Афсус.
Bundan tushkunlikka tushmaslik kere! Mayli qandaydir kamchiliklarni topishibdimi, endi shu kamchiliklar ustida ish olib borishimiz lozim. FIFA ning bu qaroridan to’g’ri muloxaza chiqaraylik yurtdoshlar
афсус, буни шунчалли кутгандим. нимаям дердик, буюрмабди. майли тушкунликка тушмайлик, балким ростан хам бошка халкаро чемпионатларга мезбонлик килиш учун жиддий тайёргарлик курамиз