Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abdulhamidullo Rasulov va Bahodir Qo`chqorov (Qirg`iziston) jahon chempionati o`yinlarini boshqarish uchun Braziliyaga yo`l olishdi.
Xabaringiz bor Ravshan Ermatov va Bohodir Qo`chqorov uchun bu ikkinchi mundial` hisoblanadi. Ular 2010 yil JARda o`tgan musobaqalarda beshta uchrashuvni boshqarishgan. O`sha turnirda Rafael` Ilyosov ham Ermatovga yordam bergan.
Bu safar hakamlar brigadasi safidagi Rafael` Ilyosov o`rniga, Osiyoning 4 karra eng yaxshi hakami Abdulhamidullo Rasulovni yordamchi sifatida JCh-2014ga yo`l oldi. Rasulov bir marta Osiyoning eng yaxshi qanot hakami deb e`tirof etilgan.
JCh-2014 o`yinlarida tajribali hakamlarimiz Ravshan Ermatov va uning yordamchilariga ulkan zafarlar tilab qolamiz.
nega Rafael o’rniga Rasulovni olishdi?
O’zbekiston terma jamoasi Braziliyaga bormagan bo’saiyan, Ravshan Ermatov borganiga hursandmiz. Shungayam shukur!!