O`zbekistonlik erkin kurashchi Soslan Tigiev 2012 yilgi London Olimpiadasida qo`lga kiritgan medalidan rasman mahrum qilindi. Xalqaro Olimpiya qo`mitasining bu haqdagi qarori 7 noyabr` kuni rasman e`lon qilindi. Bunga sportchining organizmidan taqiqlangan metilgeksaneamin moddasi topilgani sabab bo`lgan.
XOQning qarorida yozilishicha, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi, imkon bo`lishi bilan, Soslan Tigiev qo`lga kiritgan medal, diplom va ko`krak nishonini Xalqaro Olimpiya qo`mitasiga qaytarishi kerakligini ma`lum qilgan. O`z navbatida, Soslan Tigievning medali uchinchi o`rin uchun bahsda o`zbekistonlik kurashchiga imkoniyatni boy bergan vengriyalik Gabor Xatoshga topshiriladi.
Eslatib o`tamiz, Soslan Tigiev 2012 yil 10 avgustda 74 kg gacha bo`lgan toifada bronza medalini qo`lga kiritib, uchinchi o`rinni rossiyalik Denis Tsargushu bilan bo`lib olgandi. O`shanda kumush medal` eronlik sportchi Gudarziyga, oltin esa amerikalik Jordan Barrouzga nasib etgandi.
London Olimpiadasi doirasida o`zbek sportchilari tomonidan taqiqlangan preparatlarni qabul qilish bilan bog`liq ushbu voqea yagona emas. Musobaqalarning birinchi kunida gimnastikachi Luiza Galiulina ham o`yinlardan chetlatildi. Uning organizmida furosemid (taqiqlangan preparatlar sirasiga kiruvchi diuretik) topilgandi.
vobshe boblaptiyu, endi davlat tomonidan berilgan pullaniyam qaytarib beradimi?
Afsus!!! pullar endi nima bo’ldi????
vo ajabo ))) endi president sovga qilgan xamma narsa kaytarilib berilidami???