Mamlakatimizdagi futbol mutaxassislari orasida katta tajribaga ega bo`lgan Yuriy Sarkisyan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida ish boshladi. Yuriy Vazgenovich Sarkisyan boshchiligida Farg`onaning “Neftchi” klubi besh karra mamlakat chempioni, bir necha bosh sovrindori, shuningdek O`zbekiston kubogi bahslarida muvaffaqiyatlarga erishishgan.
“Neftchi” klubi bilan xayrlashgan Yuriy Vazgenovich ma`lum vaqt xordiq chiqarib oldi. 2014 yilgi mavsum unga bir qator takliflar bo`ldi. Ammo takliflar orasida o`zi uchun har tomonlama qulayini tanladi. Endilikda Yuriy Sarkisyan “Bunyodkor”da ish boshlaydi. Yuriy Vazgenovich mamlakatimizning amaldagi chempioni va kubogi sohiblari bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga maslahatchi sifatida ish yuritadi.
Yuriy Vazgenovich Sarkisyan chorak asrdan ko`p vaqt mobaynida murabbiylikda to`plagan boy tajribasi “Bunyodkor”ning muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonib qolamiz.