«Paxtakor» klubining eng yuqori maosh oluvchi futbolchilari legionerlar – shveysariyalik Eren Derdiyo‘q (yillik maosh 1,3 mln yevro) hamda serbiyalik Dragan Cheran (350 ming dollar) hisoblanadi.
«Paxtakor» klubi matbuot xizmati klub futbolchilari, murabbiylar shtabi va rahbariyatining maoshlari va daromadlari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, klubning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilari legionerlar – shveysariyalik Eren Derdiyo‘q (yillik maosh 1,3 mln yevro) hamda serbiyalik Dragan Cheran (350 ming dollar) hisoblanadi.
Asosiy tarkibdagi mahalliy futbolchilarga esa bir xilda – yiliga 153 million 120 ming so‘mlik maosh tayinlangan. Shu bilan birgalikda, futbolchilarga o‘yinlardagi ishtiroki va ko‘rsatgan natijalariga qarab alohida mukofot pullari belgilangan va bu miqdorlar yillik maoshlardan bir necha baravar (ayrim holatlarda bir necha o‘n baravar) yuqori ko‘rsatilgan. Masalan, jamoa himoyachisi Yegor Krimetsga 4 milliard so‘mdan ortiq mukofot puli chiqarilgan. Shuningdek, Anzur Ismoilov (1,7 mlrd), Aziz Turg‘unboyev (1,4 mlrd), Sardor Sobirxo‘jayev (1,4 mlrd), Farrux Sayfiyev (1,1 mlrd), Sherzod A’zamov (1,1 mlrd), Eldor Suyunov (1,1 mlrd), Abror Ismoilov (1 mlrd) miqdorida mukofot puli oladi.
Derdiyo‘q va Cheranda mukofot pullari yo‘q.
«Paxtakor» klubi bosh direktori D.Adismanning yillik daromadi 588 mln so‘mni (oyiga 49 mln so‘m) tashkil etgan.
Bosh murabbiy Piter Hyustra esa yiliga 350 ming yevro maosh olishi belgilangan.
«Toshkent shahar hokimi – «Paxtakor» futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev bundan buyon klubdagi maoshlar va boshqa hisobotlar shaffof tarzda berib borilishi haqida ta’kidlagandi. Ushbu bayonotga mos tarzda «Paxtakor» asosiy tarkibidagi futbolchilar, asosiy jamoa murabbiylar shtabi va klub rahbariyatining yillik maosh va daromadlari aks ettirilgan ma’lumotni taqdim etamiz.
Ko‘rsatilgan to‘lovlarning aksariyat qismi homiylar tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi», deyiladi xabarda.
Qayd etish kerakki, «Paxtakor» o‘z futbolchilarining maoshlari miqdorini ommaga ma’lum qilgan ilk o‘zbek futbol klubi bo‘ldi.
17 iyun kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev jamoa a’zolari va murabbiylari bilan klubning Qibrayda joylashgan mashg‘ulotlar bazasida uchrashuv o‘tkazgan, unda klub va jamoa oldida turgan muammolar, ularning yechimlari, «Paxtakor» kelajak faoliyati muhokama etilgandi.
Klub oldida turgan moliyaviy majburiyatlar shu kunlarda ijobiy hal etilgani, homiylar tomonidan ajratilgan 22 milliard so‘m pul mablag‘lari hisobidan shu kungacha yig‘ilib qolgan futbolchilar, murabbiylar va klub xodimlarining maoshlaridan bo‘lgan qarzdorliklar bartaraf etilgani xabar qilingandi.
Шунча пул…. нимага олишади… нима кереги бор булага унака тулаб.
Rossiya ham Evrodan chiqib ketdi
Ula ham axvol oyin korsatishdi