Qatar jahonning eng kuchli futbol klublari o`rtasida xalqaro musobaqa tashkil etishni rejalashtirmoqda. «Orzular futbol ligasi» (Dream Football League, DFL) deb atalayotgan musobaqa tashabbuskori sifatida Qatar qirollik oilasi chiqmoqda. Taxminlarga ko`ra, dastlabki musobaqa 2015 yilda o`tkaziladi, shundan so`ng u har ikki yilda Qatarda va unga qo`shni mamlakatlarda o`tkaziladi.
Musobaqada 24 jamoa ishtirok etadi, ulardan 16tasi doimiy ishtirokchi bo`lsa, qolgan sakkiz jamoa maxsus taklifnomalar orqali chaqiriladi. The Times ma`lumotlariga ko`ra, tashkilotchilar «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Chelsi», «Arsenal» va «Liverpul`» jamoalariga musobaqada ishtirok etish bo`yicha taklifnomalar yuborishgan. Lekin ushbu jamoalarning vakillari bu axborotga izoh berishdan bosh tortishdi.
Qatar «Manchester Yunayted» va «Barselona» kabi klublarining musobaqadagi ishtiroki uchun 200 million evro to`lashga ham tayyor. Taqqoslash uchun, 2011/12 yilgi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida g`olib chiqqan Angliyaning «Chelsi» klubi UEFAdan 54 million evrodan ko`proq mukofot puli olgan edi.
The Times’ning qo`shimcha qilishicha, yangi musobaqa Qatarda jahon chempionatini o`tkazish bilan bog`liq shubhalarni yo`qqa chiqarishga yordam berishi kerak. Xususan, «orzular ligasi» bahslarini xuddi jahon chempionati bahslaridagi kabi – yozda, Qatarda havo harorati 40 daraja issiqqa etadigan vaqtda tashkil etish rejalashtirilmoqda. Qatar stadionlarni «iqlim-nazorat» («klimat-kontrol») tizimi bilan ta`minlaydi, bu esa o`yinlar vaqtida futbolchilar va tomoshabinlar uchun qulay ob-havo sharoiti yaratib beradi.
ajoyib chempionat buladi,uni tezroq utqizsa bumidimi? Zor uylab topishdi.
xa DFL yaxshigina qarshilik kursatishi mumkin!
манимча ФИФА ва УЕФА бунга рухсат беришмийди, футболчила так и так чемпионатдан чемпионатгача чарчаб колишвотти, агар буладиган бусада чемпионат нуфуси унчалли мухим бумийди, Японияда утказиладиган клублар уртасидаги жахон чемпионатиям чемпионлар лигаси ва европа лигасидей нуфузига эга эмас
atak bu DFL baribir UEFA chempionlik ligasi saviyasiga eta olmaydi.
Qatar DFL da qatnashish uchun 200 mln evra vada qilga bo’lsayam, manimcha manchestr ham, barsa ham bunga rozi bo’lmasa kerak.