Yangi turnir “Millatlar ligasi” tashkil etildi

Yangi turnir “Millatlar ligasi” tashkil etildi

Qozog`istoning Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan UEFA Kongressida barcha assotsiatsiya vakillari “Millatlar ligasi” o`tkazilishi uchun ovoz berishdi.

Ushbu turnir 2018 yilda start berilishi rejalashtirilmoqda. Avval, u o`rtoqlik uchrashuvlari o`rniga tashkil qilingan edi, ammo, ma`lum bo`lishicha, Evropa chempionatiga saralash tizimi ham o`zgarar ekan. Birinchi bor u “Evro-2020” da sinab ko`riladi.

Yangi xalqaro musobaqalar to`rt guruhda to`rttadan, jami 16 terma jamoa o`rtasida o`tkaziladi. Har bir jamoa bir-biri bilan o`z maydonida va raqib stadionida uchrashadi. Shuningdek avval yarim final so`ngra keyin final uchrashuvm o`tkaziladi. Bunda o`yinlar neytral maydonda o`tkaziladi.

“Millatlar ligasi” har ikki yilda bir marta o`tkazilib, uning doimiy ishtirokchilari orasida Angliya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Frantsiya va Gollandiya terma jamoalari nomi keltirilgan.

Shuningdek, “Millatlar ligasi” tashkil etilishi tufayli Evropa chempionatining saralash turnirida muvaffaqiyatsizlikka uchragan terma jamoalarda yangi imkoniyat paydo bo`ladi: bu turnirda o`zini ko`rsatgan va eng kuchli to`rtlikdan joy olgan jamoalar Evro yo`llanmalarini qo`lga kiritadilar.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    ????? nima uchun

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social