Futbol bo`yicha Yaponiya milliy terma jamoasi 2014 yili Braziliyada bo`lib o`tadigan Jahon chempionati musobaqalari ilk yo`llanmasini qo`lga kiritgan terma jamoaga aylandi. 4 iyun`, seshanba kuni JCh-2014 saralash bahslari doirasida Yaponiya o`z maydonida Avstraliya bilan 1:1 hisobida durang o`ynadi.
Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari o`rtasidagi JCh-2014 saralash 4-bosqich “V” guruhi 8-tur uchrashuvi Saytama shahrida bo`lib o`tdi. Ushbu uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmadi-0:0. Ikkinchi bo`limning 82-daqiqada Avstraliya terma jamoasi vakilli Tommi Oar ajoyib tarzda darvozag to`pni yo`llab mexmonlari oldinga olib chiqdi. Ammo o`yin yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganida Avstraliya terma jamoasi darvozasiga tomon penal`ti belgilandi. Ushbu imkoniyatdan Keysuke Xonda aniq foydalanib, hisobni tenglashtirdi.1:1
Ushbu durang natijadan so`ng Yaponiya terma jamoasi ochkolari soni 14ta etdi. Shunday qilib, Yaponiya terma jamoasi 2014 yilgi jahon chempionati mezboni – Braziliyadan so`ng mundialning rasman ikkinchi ishtirokchisiga aylandi.
O’zbekiston ham Jahon chempionatiga yo’llanmani olganda biz ham shunaqa bayram qilib nishonlashylik.
Xa aytganiz kelsin. Bizga ham nasb etsin shunday nishonlash