Chempionlar ligasi chorak final ilk uchrashuvida «Barsa» Rimda «Roma»ga yirik hisobda mag’lub bo’lib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Rimliklar o’z uyida «Barselona»ni 3:0 hisobida mag’lub etib, YeCHL yarim finaliga yo’l oldi. «Roma» so’nggi bor 34 yil oldin Evropa chempionlar kubogi yarim finalida o’ynagandi.
Ushbu mag’lubiyat tufayli «Barselona» ketma-ket 3 yil YeCHL yarim finaliga chiqa olmadi. O’tgan mavsumda kataloniyaliklar «Yuventus»ga (0:3, 0:0) imkoniyatni boy berib, yarim final yo’llanmasidan quruq qolgan bo’lsa, 2016 yilda 1/4 final bosqichida «Atletiko»ga (2:1, 0:2) mag’lub bo’lgan edi.
«Roma» – «Barselona» 3:0
Gollar: 1:0 – 6 Djeko, 2:0 – 58, penalti de Rossi, 3:0 – 82 Manolas.
«Roma» – Alisson, Fasio, Jezus, Kolarov, Manolas, Nainggolan (El-SHaaravi, 77), Florenci, Strotman, de Rossi, Djeko, SHik (Under, 73).
«Barselona» – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu (Dembele, 85), Umtiti, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Pako Alkaser, 85), Inesta (Andre Gomesh, 81), Messi, Suares.
Ogohlantirish: Fasio (38), Jezus (44), Pike (57), Messi (63), Suares (72).
Birinchi uchrashuv: 1:4
Manba: championat.asia