Turkiyaning “Beshiktash” klubi hujumchisi Cenk Tosun 2016/17 mavsumidagi Chempionlar ligasining eng yaxshi gol muallifi deb e’tirof etilgan.
Tosun goli guruh bosqichida Portugaliyaning “Benfika” siga qarshi (3:3) o’yinida urilgan edi va u 43% ovoz yig’ishda muvaffaq bo’ldi.
Turkiya terma jamoasi hujumchisi ovoz ro’yhatida “Real” ga qarshi gol urgan Mario Manjukich, va “Sporting” ga qarshi o’yinda gol urgan Krishtianu Ronaldu dan o’tib ketishga muvaffaq bo’ldi.
UEFA texnik kuzatuvchilari esa mavsumning eng yaxshi goli Manjukich muallifligini e’tirof etishdi, Tosun kiritilgan to’p o’nlikga ham kirmagan.