O`zbekistonda futbol rivojlanishi bilan tanishib chiqqan FIFA prezidenti yozef Blatter xayratda qolganini aytib o`tdi.
16 may kuni Toshkentda FIFA prezidenti yozef Blatter, OFK prezidenti Janga Jilonga va O`FF prezidenti Mirabror Usmonov ishtirokida press-konferentsiya bo`lib o`tdi.
yozef Blatter O`zbekistonga ikki kunlik tashrifi bilan kelgan. Shu kunlar mobaynida U, Ruspublikamizda futbol rivojlanishi buyicha qanday ishlar olib borilayotganligi bilan tanishib chiqdi. U “Paxtakor” va “Lokomotiv” stadionlariga tashrif buyurdi, keyin qurib bitirilayotgan “Bunyodkor” stadionida, hamda Toshkentning boshqa loyihalarini ham ko`rib o`tgan.
Bu yil O`zbekiston futboli 100-yilligi nishonlanadi. Mirabror Usmonov so`zlariga qaraganda shu munosabat bilan FIFA va AFK barcha talablariga javob beradigan ettita yangi stadionlar qo`rib tugatilishi rejalashtirilgan.
FIFA prezidenti 20 yoshgacha bo`lgan ayollar o`rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilish xuquqi O`zbekistondan olib Yaponiyaga topshirilgani xaqida ham to`xtab o`tdi.
“Bu juda noxush qaror bo`lgan. O`tgan ishga salovot. Lekin baribir axborot sifatida sizga aytib o`tishim kerak, bu holat uchun barcha mas`uliyatni FIFA o`z zimmasiga oladi. Bu o`rinda O`zbekiston futbol federatsiyasining hech aybi yo`q. Bu ish avvaldan noto`g`ri yo`lga qo`yilgan, avvalo diqqatliroq bo`lishimiz va ishni yaxshiroq tashkillashtirishimiz kerak edi. Men bugun rasman FIFA prezidenti sifatida uzr so`rayman” – dedi yozef Blatter. Keyin U “FIFA kalendariga ko`ra, 2015 yilda 20 yoshgacha bo`lganlar o`rtasida jahon chempionati Osiyoda o`tkazilishi mumkin. O`zbekiston ushbu musobaqani qabul qilishga yaqin turibdi. Yana bir narsani qo`shimcha tarzda aytib o`tmoqchiman, 20 yoshgacha bo`lganlar o`rtasidagi musobaqani o`tkazish bu 52 ta o`yinni qabul qilish degani. Bu esa 6 ta stadion kerak degani. yigirma yoshlilar o`rtasidagi jahon chempionati FIFA uchun muhimligi jihatidan ikkinchi o`rinda turadigan musobaqasidir” – dedi aytib o`tdi.
Eslatib o`tmoqchimiz, yozef Blatterning bu lavozimda O`zbekistonga qilgan uchinchi tashrifidir. Blatter O`zbekistonga so`nggi bor 2007 yilda tashrif qilgan.
Блаттернинг бу келишида бирон бир фойда бормикин биззи футболимизга?
Бир тарафдан караганда биззи стадионларимизам талабга жавоб бермайди, шунинг учун хам аёллар жахон чемпионатини биздан олиб Японияга беришди
uzbekistonni qurib keldida