Zidan, Bekxem, Maradona, Pele va Kafu “Farnboro” klubida

Zidan, Bekxem, Maradona, Pele va Kafu “Farnboro” klubida

Bir jamoada Devid Bekxem, Maradona, Kafu va Peleni ko`rish imkoni bor. Ushbu futbolchilar va boshqada futbol afsonasiga aylanib ulgurgan futbolchilarning ismlari angliya futbolining oltinchi divizionida ishtirok etayotgan «Farnboro» jamoa ranglarini himoya qilishadi. «Farnboro» o`yinchilari o`zlarining ism familiyalarini futbol olamida nom qozonishga ulgurgan futbolchilarning familiyalariga o`zgartirishga rozi bo`lishdi – bu bilan ular o`zlari to`p surayotgan jamoasini bankrotdan qutqarib qolishmoqchi. Lekin bosh murabbiy so`zlariga qaraganda, o`yinchilarning barchasiyam buni mamnuniyat bilan qabul qilishmagan.

«Bu bizlarning homiylik shartnomamizning bir qismidir. Biz barchamiz Pele dan tortib to Aleks Fergyusongacha mashhur futbolchi va murabbiylarning ismlarini o`zimizga oldik. Yangi mavsumda shunday ismlar bilan o`ynash biz uchun sharafdir. Umid qilamanki, bu narsa bizning futbolchilarimiz hamda muxlislarimiz uchun katta dalda bo`ladi».

Ism va familiyalarimizni o`zgartirish uchun rasmiy sertifikatga qo`l qo`yish va davlat soliq qo`mitasiga 30 funt sterling to`lash kerak edi. Bu holat butunlay ism familiyamiz o`zgarilishiga olib kelmaydi, ammo bir nechta o`yinchilarimiz hattoki o`zlarining pasport ma`lumotlarini ham o`zgartirishga tayyorlar.

«Zidan, Messi va Maradona kabi o`yinchilarning ismlari bizning jamoaga yanada ko`proq mas`uliyat yuklaydi. Shu sabab, diviziondagi birinchi o`rindan qolgan barchasi biz uchun mag`lubiyat sanaladi. Klubimiz divizionda faqat birinchi o`rin uchun harakat qiladi».

«Farnboro» bankrotlikdan qutilib yangi mavsumni yaxshi kayfiyat bilan boshlamoqchi. Birinchi o`rin ushbu «drim tim» jamoasiga Milliy konferentsiyaga chiqish imkoniyatini beradi.

Bugun angliyada navbatdagi chempionat yangi mavsumi boshlandi. Ko`pchilik ushbu mavsumda angliya chempionatini boshqa chempionatlarga qaraganda ancha qiziqarliroq bo`lishini aytishmoqda, bunga esa sabablar etarli. Yangi mavsumga xar bir jamoa o`zgacha tayyorgarlik kelishdi. O`z navbatida «Farnboro» klubi ham. «Farnboro» klubiga ushbu mavsumda faqat g`alaba tilab qolamiz.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Faruh

    Yahshi g’oya,

  2. Gol

    бу учун юбдузбадан рухсат олишганмикин?

  3. jasur

    zor uylab topishdiku, gap yoq! molodci! endi ush bu ismlarning haqiqiy futbolchilar ularni sudga bermasalar boldi ))) bumasam katta shov shuv buladi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social