Samsung Galaxy S4 yonib ketishiga oz qoldi

Samsung Galaxy S4 yonib ketishiga oz qoldi

Baxtli tasodif tufayli Abu Dabida istiqomat qiluvchi ayol o`zining yangi Samsung Galaxy S4 smartfonidan chiqqan yong`in oldini olishga muvaffaq bo`ldi. Samsung Galaxy S3 esashveytsariyalik qizning hamyonida yonib ketdi va uning sog`lig`iga putur etkazdi.

Abu Dabida istiqomat qiluvchi ayol o`zining yangi Samsung Galaxy S4 smartfonidan faqat bir oygina foydalana oldi. Uning ta`kidlashicha, kechasi smartfonini zaryadlash maqsadida elektr tarmog`iga ulagan va kechasi soat ikkilar atrofida uxlab yotgan bolasidan xabar olish uchun urnidan turgan. Shu vaqtda uning smartfoniga zaryadlovchi moslama ulangan joyida yong`in paydo bo`layotganini ko`rgan.  Balkim aynan mana shu holat uni  va oila a`zolarini hayotini asrab qolgandir. Uning aytishicha, ilgari smartfon bilan xech narsa qilmagan, battareyka va zaryadlovchi moslama xaqiqiy bo`lgan.

Baxtli tasodif tufayli unga va uning oila a`zolari hayotiga zarar etmadi. Shu  hodisadan keyin, Samsung kompaniyasi tegishli tekshiruv o`tkazdi va zarar o`rnini to`ldirish maqsadida shu ayolga yangi smartfon sovg`a qilishdi.

Ikkinchi hodisa esa inson hayotiga zarar etkazdi. Shveytsariyalik 18 yoshli Fanni Shlatter ismli qiz, o`zining bir hafta ishlatgan yangi Samsung Galaxy S3 orqali jiddiy kuyish holatiga tushdi, sababi uning smartfoni (aniqrog`i Samsung Galaxy S3 battareykasi) shimi (djinsi) cho`ntagida yonib ketgan. Fanni Shlatter Galaxy S3 battareykasi haqiqiy edi deb ta`kidlamoqda. Hozirda bu smartfon Samsung kompaniyasi orqali tekshirilmoqda va telefon yanada chuqurroq tekshirish maqsadida Koreaga jo`natildi.

Oldinlari texnologiya yil sayin rivojlanmoqda deb aytardik. Yaqin yaqinlargacha esa texnologiya kun sayin rivojlanmoqda deb keldik. Hozirgi kunda esa deyarli soat sayin rivojlanmoqda desak adashmaymiz. Bu ayniqsa smartfonlarga tegishli. Lekin bu rivojlanish bilan bir qatorda nohush hodisalar ham ko`paymoqda. O`z o`zidan savol tug`iladi – bu yangiliklar inson hayoti uchun qay darajada foydali? Balkim biz hali bu yangiliklardan to`g`ri foydalanaolmayotganimiz sabab nohush hodisalar ro`y berayotgandir?! Balkim bu umuman bizning hatoyimiz emasdir?!   

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. JACO

    Sila maslahatim oddiy nokiya olila mazza qilib ishlatib yurasila.

  2. JOker

    12 02 ovosela vawee zo’r

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social