Shakira yana bir o`zi qoldi!

Iyun oyidagi Shakira Jerar Pikedan farzand ko`tmoqda degan mish – mish bizni ancha hayratga solgan edi. Lekin bu mish – mish o`rinsiz bo`lib chiqdi shekilli, sababi Ispaniya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Shakira Jerar Pike bilan oralarini ochiq qilmoqchi. Buning sababi nimada?

Ispaniya ommoviy axborot vositalari manbalarning yozishiga qaraganda, bunga butun dunyoda ancha eskirib qolgan muammo sabab bo`lgan: go`yoki Pike o`zining kolumbiyalik sevgilisi gastrol kontsertlarida bo`lgan vaqtida unga hiyonat qilgan. Bunga qo`shimcha qilib yana Jerar Pikening Shakiradan tashqari yana bir yosh mashuqasi bo`lganini aytishmoqda. Pikening bu yosh sevgilisiga saxna ortida yurish joniga tegibdi shekilli, u Pikeni butunlay o`ziniki qilib olmoqchi. 

Shakira va Pike munosabatlarining tez orada nihoyasiga etishini oldindan ham aytib kelishgan edi. Chunki Shakira Jerar Pikedan 10 yosh katta, Shakira 34, Pike esa 24 yoshda. Shunga qaramasdan ularning munosabatlari mana bir yildirki davom etib kelmoqda. Shou – biznes uchun esa bu kam vaqt emas.

To`g`ri, bu mish – mishni noo`rinsiz desak ham bo`ladi. Bunga dalil sifatida aytishim mumkinki, Shakira yaqindagi kontsertlaridan birida aytgan qo`shiqlaridan birining so`zlarini o`zgartirgan. U qo`shiqlaridan birida “Men Barsadan man” deb ko`ylagan. Bilasizki Jerar Pike to`p surayotgan klub aynan Kataloniyaning Barselona jamoasi. Shunga qarab aytish qiyin, o`zi aslida ularning munosabatlari o`rtasida nima ro`y bermoqda?

Sevgi yosh tanlamaydi deb shuni aytsalar kerak. Shakira Jerar Pikedan 10 yoshga katta. Bunday holatni g`arb mamlakatlarida juda ko`p uchratish mumkin. Bizda ham bunday holatlar uchrab turadi albatta, lekin bizda yosh borasidagi tofovut bunchalik katta bo`lmasa kerak. Bizda ko`pchilik qiz bolaning yoshi o`g`il bolanikiga nisbatan kichik bo`lishi kerakligini atab o`tishadi. O`zi aslida sevish va sevilish uchun yoshning keragi bormi? Sevishganlarning yoshi oralaridagi farq qancha bo`lishi kerak? Siz bu borada qanday fikrdasiz?

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Анвар

    Албатта, агар севги булса ёшдаги фарк мухум эмас

  2. Nasi

    Manimcha bu qiz bola uchun qiyin. Nafaqat ular orasidagi yoshdagi farq balki dunyo qarashlarida ham bu sezilishi mumkin

  3. a

    Севги ёш танламас!

  4. noname

    Ey buni hammasi yolg’on! Sevgi sevgi deysizlaru, haqiyqiy sevgini topgan bormi o’zi?

  5. фарход.

    хакикий севгисини топган инсон бу факат оллохни севган инсон

  6. Комила

    Муаллиф: фарход. – November 25, 2011
    хакикий севгисини топган инсон бу факат оллохни севган инсон

    Фарходака сиз жуда тўғри айтяпсиз. Мен хам шу фикр тарафдориман. Оллоҳимизни севмасдан иложи йўқ. Ахир У Буюк Зот, бизни шу қадар севдику. Биз ҳам Уни севишимиз керак. Рахмат сизга. Фақат мен бундай фикр юритаман деб ўйлаб юрган эдим. Янишган эканман.

  7. хусниддин

    севги ёш талламади дийишади лекин огилболани ёши киз боладан катта болиши керакдеб ойлеман

  8. shou

    агар адашмасам Шакира кеча Францияда маданият ходими деган унвон олди

  9. Анвар

    йоге Шакирами? у Колумбиялик эмасми?

  10. нодир

    энди узининг юртида хеч мукофот бермасалар, уни ижодини хурмат киладиган бошка давлатлар мукофот беришадида

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social