Agarda xohish bo’lsa, yo’l albatta topiladi va bu “Zuly Sanguino” da isbotini ko’rishimiz mumkin. Zuly noyob genetic kasallik bilan tug’ilgan va qo’l, oyoqlari yo’q. O’smirlik davrida u qiz shafqatsizlarcha zo’rlangan va 15-yoshida o’z joniga qasd qilish yoqasida bo’lgan. Lekin uning hayotida katta o’zgarish ro’y berdi va u 18-yoshida san’at kolejiga o’qishga kirib, og’zi yordamida bo’yashni o’rgandi. Shundan so’ng, u ajoyib va noyob suratlar yarata boshladi va ishlaridan barcha lol qoldi. Bundan tashqari, hozirda u TV va radiolarda chiqishlar qiladi va juda ko’p maslahatlar beradi.
“Mana sizga isbot, qobiliyatsizligingiz sizni ushlab turishiga yo’l qo’ymang. Men juda qiyin vaqtlardan o’tdim, lekin hozirda men juda yaxshi vaqtdaman va menda maqsadlar sari intilish hissi paydo bo’ldi” – deb Zuly aytib o’tdi.
Vouuuuuu