Bu o’zi kimning telefoni?

Bu o’zi kimning telefoni?

Erkaklar yechinish xonasida mobil telefon jiringladi. Dushdan yosh yigit yugirib chiqib va qo’ng’iroqga javob berdi. Atrofdagi odamlar esa bu vaziyatni diqqat bilan kuzatdilar.

-Allo, salom…

-Salom, jonim! Sportzaldamisiz?

-Xa.

-Jonim, men ozgina do’konlarni aylanib chiqdim… Bir zo’r charm kurtkani topdim. Narxi atiga $1500. Xa bilaman, bu narx juda kulgili. Uni olsam bo’ladimi?

-Agarda senga yoqsa, albatta ol.

-Rahmat, jonim. Do’kondan keyin bir avtomarkazga ko’zim tushudi, u yerga ham kirdim. Ularda Mersedesning yangi modeli paydo bo’libdi, ko’rib ishonmaysan. Bittasiga buyurtma bersam bo’ladi?

–Qancha ekan?

-Atiga $90 000. Bu pozitsiyaga ham bog’liq.

-O, o’shanda olaver. Lekin hammasin tekshir, chunki pul kichkina emas.

Xotini yettinchi osmonda uchib yurdi. Ovozi asaldan shirin bo’lib ketdi. Yanada muloyim gapirishda davom etdi:

-Jonim, men yana bugun reltor bilan gaplashgan edim. Esingizdami dengiz bo’yidagi chiroyli uy, o’tgan yozda uni olmagan edik. U yana sotilmoqda. Endi yanada arzonroq – $1,2 mln. Juda yaxshi narx, shunday emasmi?

-Faqat millionga rozi bo’l. Ohirgacha to’liq narxga rozi bo’lma. Ular narxni yanada tushirishlari kerak.

-Yaxshi, jonim. Men sizni sevaman.

-Yigit telefonni qo’ydi. Yechinish joyida mutlaqo sukunat. Hamma ochiq og’izlar bilan qarab turar edilar. Shunda yigit boshqalardan so’radi:

-Bu o’zi kimning telefoni?

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. yulduz xalilova

    xa xa juda zor hikoya ))) dugonalarga aytib berganimda rosa kuldik

  2. rofl rofl rofl zor hikoya, yoqti

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social