9-may Xotira va qadrlash kuni

9-may Xotira va qadrlash kuni

9 may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Hamma narsa inson uchun, uning manfaatlari uchun. Ana shu ezgu maqsad istiqlol yillarida hayotimizda mustahkam o`rin egalladi, izchil islohotlarning, yurtimiz mustaqil taraqqiyot yo`lining bosh yo`nalishi sifatida hamyurtlarimiz hayotida o`zining mustahkam ifodasini topdi. Zotan bugun O`zbekiston inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati ulug`lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug` fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog`idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko`rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o`tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g`amxo`rlik va e`tibor ko`rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma`no-mazmun bilan boyidi.

Ulug` Vatan urushi davrida O`zbekistonda yashagan 6,5 million aholining 1,5 millioni frontga ketgan, ulardan 420 mingi qaytib kelmagan, 640 ming nafari yaralangan. 120 ming o`zbekistonlik orden va medallar bilan taqdirlangan. Jumladan, 338 nafar o`zbekistonlik Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo`lgan. Urush yillarida O`zbekiston xavfli hududlardan evakuatsiya qilingan 1,5 million kishi uchun boshpana bo`lgan.


Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma`noga egadir. Ushbu kunda barcha bobolarimiz ham mo`tabar buvilarimizni xamda o`z Vatanini himoya  qilishda jonini fido qilgan va bu ayovsiz jangu jadalda qahramonlarcha xalok bo`lganlar xotirasini biz yoshlar aslo unutmaymiz.


 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social