Avval siz ikkalangiz edingiz. Kunlar odatdagidek davom etdi, hayotda oddiylikga joy bor edi, rejalar bir soniyada o’zgarishi mumkin edi. Endi sizlar uchtasiz, yaqinda to’rtda bo’lishingiz mumkin… Endi bir daraxtdagi qushlar kabi sizlar.
Kunlar aniq rejalashtirilgan, endi bir soniyada o’zgarishlar deyarli yo’q. Lekin ular qiziqarli va yangi kashfiyotlarga to’la.
Yaxshi oilada tug’ilganlar qanchalik baxtiyor. Bu muvaffaqiyatning yarmidir! Oilada biz munosabat o’rnatishning birinchi tajribasini qo’lga kiritamiz.
Ota-onalar muloqot qilish, o’zaro munosabat qilish va nizolarni hal qilishning qanday namunasi borligini bizga misol qilib keltiradi. Ular bizni ham yomon, ham yaxshi narsalarga o’rgatadi.
Bola – bu ota-onasi amalga oshirishi kerak bo’lgan loyiha kabidir. Bu ularning hayotidagi eng muhim loyiha hisoblanadi.
Siz unga yengil munosabatda bo’lolmaysiz, muddatlarini uzaytiraolmaysiz, yarmiga kelganda tashlab yubormaysiz. Har ikkala, ota-ona ham mazkur ishda ishtirok etishlari kerak.
Har kim o’z vazifalarini boshqalarga o’zgartirmasdan eng yaxshisini berishi kerak.
Bolalar eng yaxshi hayotiy darsliklarni ota-onasidan oladi. Ular so’zlarini, ishlarini va his-tuyg’ularini so’rib olishadi.
Yaxshi insonni o’stirish universal retsepti yo’q. Bu savolga hech qanday kitobda javob topa olmaysiz.
Siz do’stlaringizdan yoki keksa avloddan tavsiya so’rashingiz mumkin, lekin qarorni siz qabul qilasiz. Bolalar uchun qanday qoidalar, cheklovlar kerakligini va qaysi yo’l yaxshi ekanligini o’zingiz tushunishingiz kerak.
Avvalo, bola paydo bo’lishi hamma narsani o’zgartirishi mumkinligini tushinishingiz kerak va hayotingizga tartibsizlik olib kirishi mumkin. Kun oxirida siz ikkalangiz shunday charchaysizki, xatto bir-birlaringizga qarash ham qiyin bo’lib qoladi.
Er-xotinning yaxshi aloqalari yo’qolmasligi kerak va munosabat yaxshi darajada davom etishi kerak. Agar ona dam olish kerak bo’lsa, ota bola bilan o’tirsin va aksincha.
Yaxshi jamoada o’yinchilar bir-birini qo’llab-quvvatlaydi.
Sizlardan kimdir ishingizni bir muddatga tark etishingiz kerak bo’ladi yoki boshqa osonroq ish joyiga borish kerak bo’ladi.
Shunday qilib, mas’uliyatni to’g’ri taqsimlanishiga ishonch hosil qiling, toki barcha oila a’zolari xavfsiz va bu yangi hayotda o’zlarini qulay his qilsin.
Oila – muhabbat va bir-birini tushunish bo’lgan joydir, janjal va kelishmovchiliklar uchun joy bo’lmasligi kerak.
Oiladagi an’anaviy bo’linishlarga ya’ni “ayollar ishi” yoki “erkaklar ish” kabi bo’linishlardan uzoqroq yurish tavsiya etiladi. Yaxshi jamoada har bir inson o’z vazifasini biladi, lekin bir-biriga yordam berishga tayyor bo’lishi kerak.
Bolani tarbiyalash – ijodiy jarayondir. Bola butunlay sizga tegishli deb o’ylamang. Bunday fikrlash bilan to’g’ri ta’lim berish mumkin emas.
Bola sizning xohish va istaklaringizga qul bo’lmasligi kerak. Uni siz tirik, mustaqil, alohida bir ajoyib insonni ko’rishingiz kerak. Faqat shu orqali siz bolani mustaqil, yagona shaxs bo’lib yetishishiga yordam berishingiz mumkin.
Siz bu fikrga qo’shilasizmi? Yangi ota-onalarga yana qanday maslahat berasiz?
Bolalik bo’lish eng katta baxt ekan hayotda, endi bildim
Yig’ladim o’qib
Ajoyib