Bir sartarosh barchani sochini bepul olishga qaror qildi

Bir sartarosh barchani sochini bepul olishga qaror qildi

Bir marta gul sotuvchisi sartaroshga keldi. Usta uni sochini olib qo’ydi, lekin shu so’zlar bilan to’lovni rad etdi: “Men sizdan pul olmayman. Men haftaning oxirigacha, ixtiyoriy ravishda bepul ishlayman”. Gul sotuvchisi unga minnatdorchilik bildirib ketdi.

Ertasi kuni sartarosh ishga keldi va eshik oldida minnatdorchilik so’zlar bilan yozuvni va katta guldastani ko’rdi.

Keyin sartaroshga pishiriq pishiradigan inson keldi. Usta, undan ham soch olgani uchun pul olmadi. Pishiriq pishiradigan inson tabbasum qildi va ketdi. Ertasi kuni sartarosh eshik oldida minnatdorchilik so’zlari bilan yozuvni va o’nlab mazali shiriniklarni topdi.

Keyin sartaroshga bir davlat rahbari keldi. Soch olinganidan keyin, u kishi cho’ntagidan pul chiqarishni boshladi, sartarosh unga boshqa mijozlarga o’xshab ham shunday dedi: “Men sizdan pul olmayman. Men haftaning oxirigacha, ixtiyoriy ravishda bepul ishlayman”. Rahbar hursand bo’ldi va ketdi.

Ertasi kuni sartarosh ishga kelganida, u yerda uni uchta boshqa amaldorlar, o’nlab deputatlar, ularning yordamchilari, bir nechta davlat xizmatchilari, shahar hokimi, shahar hokimining kotibi, shahar hokimining xotini va besh nafar bolasi kutib turgan edi. Ularning barchasi bepul soch oldirishga kelgan edi.

Mana, bu – oddiy xalq va uni boshqarayotgan insonlar o’rtasidagi farqdir.

Bu masal haqida nima deb o’ylaysiz? Fikrlaringiz bilan sharhlarda bo’lishing.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social