Bir soniya…..

Bir soniya…..

Hayotingizni yaxshiroq va baxtli qilish uchun aynan shuncha vaqt kerak bo’ladi. Ishonmaysizmi?

Unday bo’lsa quyida sanab o’tilganlardan kamida bittasini qilishga harakat qiling.

1. Tabassum.

Bu hayotingizni yanada baxtli qilishning eng oson yo’li. Mamlakatimizda, negadir buni bilishmaydi yoki bilishni istamayapdi va barcha ma’yus tashvishli yuzlari bilan yuradi. O’zingizni bu homush odamlar qatoridan chiqib ketishga ruxsat bering. Bir tabassum sizni hozir yaxshi his qilishingizga yordam beradi va u yuqumli bo’lishi mumkin.

01

2. Chuqur nafas…

Chuqur nafas – stressni kamaytirish va hayotingizni muvozanatga qaytishining eng yaxshi usullaridan biridir. Va bu sizdan faqat bir soniya vaqt oladi. Har kuni qisqa muddatli dam oling va faqat nafas olishingizga e’tibor qarating. Sizning hayotingiz yaxshilanishini his qilasiz.

02

3. Telefonni o’chiring.

Biz telefonlar, kompyuterlar, planshetlar, televizorlar va boshqa texnik qurilma ekranlarida yo’qolib qolgan odamlar orasida yashaymiz. Lekin, siz ushbu qurilmalardan foydalanganda bir narsa, ammo ular sizning hayotingizni nazorat qilishi boshqa narsadir. Barcha gadjetlaringizni o’chirib qo’ying (bu bir soniyadan ko’proq vaqt olishi mumkin) va o’zingiz bilan yolg’iz qoling. Siz ko’rgan narsangizga hayron qolasiz.

03

4. Atrofga nazar sol.

Hayot juda tez o’tadi, bizda ko’pincha chiroyli go’zallikga vaqt yo’q. Oyna yoniga borish va rangli kuzni kuzatish uchun bir necha soniya toping, ko’chada bo’lsangiz yuqoriga boshni ko’tarib va osmonga qarang. Quyosh chiqishi yoki botishini kuzatib boring. Atrofga nazar soling va hayotingizda sizni o’rab turgan hamma narsa uchun minnatdor bo’ling. Bu sizni bir necha soniya ichida baxtli qiladi.

04

5. Suv iching.

Suv tanamizga juda yaxshi ta’sir ko’rsatadi va bu narsa azaldan ma’lumdir. Qayerda bo’lishingizdan qat’iy nazar oldingizda bir shisha suv saqlashga harakat qiling va unga tez-tez murojaat qiling. Bu buyraklarni tozalaydi, suv balansini tiklaydi, vazn va terining go’zalligini qo’llab-quvvatlaydi.

05

6. Minatdorchilik bildiring.

Baxtli odamlar umumiy bir narsaga ega: ular hayotidagi barcha yaxshi narsalarga minnatdor. Bu sizning hayotingizni yaxshiroq qilishini anglatadi, “Rahmat” degan gapni tez-tez aytib turing. Bu sizdan bir soniya oladi va nafaqat sizni, balki atrofdagi insonlarni baxtli qiladi.

07

7. Keriling.

Zudlik bilan o’zingizni yaxshiroq his qilishning eng oson yo’li tanangizga g’amxo’rlik qilishni boshlashdir. Mushaklaringizni yaxshilab cho’zish uchun bir necha soniya sarflang. Kompyuterda doimo o’tirsangiz, bunday mashq sizga sezilarli foyda keltiradi.

06


Donolar aytganidek, ming kilometrlik yo’l bir qadam bilan boshlanadi. Albatta, bunday “soniya” usullari barcha muammolarni hal qilmaydi, lekin bir kun 86,400 soniyadan iborat ekanligini unutmasligimiz kerak va ularning qanchalik foydali bo’lishi faqatgina o’zingizga bog’liq.


Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social