Aniqlanishicha, bolalar smartfondan qanchalik erta foydalanishni boshlasa, kelajakda ularda shunchalik ko‘p ruhiy kasalliklar paydo bo‘ladi. 6 yoshdan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda faol bolalarda depressiya va tushkunlikka tushish ehtimoli ortadi.
Sapien Labs xalqaro tadqiqot tashkiloti olimlari smartfon va turli gadjetlardan erta foydalanish bolaning kelajakdagi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Tadqiqotda 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan 27 ming nafar yoshlar ishtirok etdi.
Unga ko‘ra, maktabgacha yoshda telefondan foydalanishni boshlagan bolalarda boshqalarga qaraganda o‘z joniga qasd qilish fikri, aybdorlik va tajovuzkorlik hissi ko‘proq uyg‘ongan. Smartfon bilan o‘smirlikda tanishgan bolalar esa o‘zlariga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘lib, tengdoshlar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnata olgan.
Telefonga qaramlik bolalarning jismoniy salomatligiga yomon ta’sir o‘tkazish bilan birga:
- psixik rivojlanish bosqichini keskin o‘zgartirib yuboradi va bolaning diqqati buziladi;
- idrokni o‘zgartiradi, psixologik og‘ishlar yuz beradi, pornografik qaramliklar kelib chiqadi.
Ota-onalar ko‘pincha bolasi telefonni qo‘ymasa g‘azablanadi, aslida ular o‘sha paytda o‘zlari telefonda gaplashayotgan bo‘ladi. Psixologlarning fikricha, bunday tarbiya modelidan voz kechish kerak. Agar oilada gadjetlardan foydalanish taqiqlangan bo‘lsa, kattalar ham mazkur qoidaga amal qilishi shart. Bunday yo‘l orqali bola psixikasining barqarorligini ta’minlash mumkin.
Bolalarni telefondan qanday uzoqlashtirsa bo’ladi?
Uzingiz bolalaringiz oldida kup telefondan foydalanasmi?
Xo’jayinim kup foydalanidila, ulardan urganib oliwgan
Ularga bolala oldida foydalanman dib kurganmisiz?
Yo’q, ularga bunday aytolmayman
Aaa, bo’lmasa bolalar bilan vaqt o’tkazganingizda ularga telefon o’rniga, kitoblar, o’yinlar bering
Shunday qilaman, lekin dadasi kelganlarida, ular telefonlarini olishadi
Bolalarga 16 yoshlarigacha telefon berish kerak emas
Bolalaringiz bormi?
Manimi? Yuq hali
Телефон болалар ривожланишига жуда зарарли
Yo’q, yoshman hali
Bilmasangiz gapirmang, bolalar bilan qiyin bo’ladi kech kecha har kuni o’tirish
Assalom Alaykum opajon manimcha ularga audio ertak yoki shubha oʻxshash narsalarni qoʻyib bering telefon berishni biroz kamaytiring ularni telefon oʻynamasa yaxshi aqli bola boʻlasan deb ularni maqtang ular bn faxrlanishizi aytib turing mehr bering hammasi yaxshi boʻladi teledan ham kam lekin foydali lekin kerakli narsalarni qoʻyib bering
Juda turi yozdila Guli. Wunday qilib kurin
Rahmat maslahatlaringiz uchun. Harakat qilib ko’raman.
Omad sizga Bolalaringizni o’pib qo’ying
Albatta, rahmat.
Yoqdi juda menga
Rahmat
Qiziq ma’lumotlar
Bolalarga televizor ham qo’ymaslik kerak
Like
Yaxshi maqola ekan
Smartfonlar siz hozirda hayot yo’q, shuni qachon qabul qilsangiz, shunda ancha oson bo’ladi sizga
To’g’ri yozilgan