Ehtimol, hozir, shu kuni, siz quyidagi so’zlarni eshitishingiz kerakdir?! Mazkur so’zlar hamma narsa o’tkinchi va siz davom etishingiz kerakligini eslatib turadi.
1. Ayrilish – bu dunyoning oxiri emas. Bu shunchaki yo’nalishni o’zgartirishdir.
2. Siz – bu lavozimingiz, huquqiy holatingiz emas va hisobingizdagi pul miqdori ham emas.
3. Munosabatlar tugaganligi sababli, ularga minnatdorchilik bilan qaray olmasligingizni anglatmaydi. Bu ular muhim emas degani emas. Bu siz yaxshi vaqtlarni ham rad qilishingizni anglatmaydi.
4. Sizda doimo tanlov bor.
5. Siz allaqachon sodir bo’lgan narsani qabul qilishni o’rganing – bu o’zingiz uchun qila oladigan eng yaxshi narsalardan biridir.
6. Siz o’sishni va rivojlanishni hali yakunlamadingiz. Ularni bu dunyoda so’nggi nafasingizgacha davom ettirishingiz kerak.
7. Yig’lash – odatiy holatdir.
8. Vaqti-vaqti bilan “uziling”; siz ham zaryad olishingiz kerak.
9. Bir kun kelib sizni unutgan barcha insonlarni unutasiz. Bu har doim ham azob bermaydi.
10. Hayot – bu faqatgina boshlandiyu va yakunaga yetdi degani emas. Hayot so’qmoqlarida o’sish, sevish, o’rganish uchun imkoniyatlar doimo mavjud.
11. Ba’zan eng to’g’ri qaror sizni ushlab turgan hamma narsadan voz kechishdir: oldingi munosabatlar, og’riqli xotiralar, muvaffaqiyatsizliklar.
12. Sog’lig’ingiz haqida aqliy va jismoniy jihatdan g’amxo’rlik qilishga hech qachon kech emas.
13. Sekinlashing. Siz poygalarda qatnashishingizga hojat yo’q. O’z xohishingiz bilan hayotingizni boshqaring.
14. Sevgan insonlaringizga yaxshi ko’rishingizni ayting. Sevishingizni tan olish – bu hayotda qanchalik inson baxtli ekanini tushunishning eng yaxshi usullaridan biridir.
15. Barcha xatolaringiz va muommolaringiz uchun o’zingizni kechiring. Siz mukammal inson bo’lmasligingiz mumkin. Siz barcha kamchiliklarga qaramay, o’zingizni yaxshi ko’rishingiz mumkin.
16. Vaqti-vaqti bilan yolg’iz qoling. Filmni tomosha qiling, choy iching, telefonni o’chiring. Faqat o’zingiz bilan vaqt o’tkazing.
17. Har besh soniyada elektron pochtangiz va yangiliklarni tekshirishni to’xtating. Bu yaxshi emas.
18. Sizni sevishadi va hamma narsa yaxshi bo’ladi.
Ma’lumotlarga gap yo’