Zamonaviy dunyoda ko‘pchilik o‘zgarishlarga ehtiyoj sezadi, ammo ularga qat’iy harakat qilish uchun motivatsiya yetishmasligi mumkin. Bunday paytlarda hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirishga ilhomlantiradigan filmlar yordamga keladi.
“Stajyor”
“Stajyor”da nafaqaga chiqishni istamaydigan 70 yoshli yolg‘iz qariya Ben Uittaker haqida hikoya qilinadi. Qariya yosh va istiqbolli tadbirkor ayol Jyul Ostin rahbarligidagi onlayn moda do‘konida amaliyot dasturiga ariza topshiradi. Garchi dastlab hamma keksa xodimga biroz shubha bilan qaragan bo‘lsa-da, donoligi va mehribonligi tufayli hamkasblari uni yaxshi ko‘rib qoladi.
Shunday qilib, Ben va Jyul ishdagi, shuningdek, shaxsiy hayotdagi qiyinchiliklarni birgalikda yengib, bir-biridan qimmatli saboq oladi.
“Hayot pulti”
Bu film tomoshabinlarga hayot lahzalaridan zavqlanish muhimligini eslatadi, chunki shoshqaloqlik haqiqatan ham muhim narsalarni o‘tkazib yuborishga olib kelishi mumkin.
Mayk Nyuman muvaffaqiyatli arxitektor, u havas qilarlik karyeraga ega. Bosh qahramonning mehribon oilasi bo‘lsa-da, ishi tufayli ular bilan juda kam vaqt o‘tkazadi.
Kunlarning birida Mayk hayotini boshqarish imkonini beruvchi pultga ega bo‘ladi: u o‘zi uchun muhim bo‘lmagan lahzalarni o‘tkazib yuborishi, ularni kino kabi orqaga qaytarishi mumkin. Erkak dastlab bunday imkoniyatdan xursand bo‘ladi. Biroq keyinchalik bu narsa unga juda qimmatga tushishini anglab yetadi.
“Baxt izidan”
1980-yillar boshlarida sodir bo‘lgan real voqea mazkur film uchun asos bo‘lgan. Kris Garner savdo kompaniyasida amaliyot o‘tash orqali baxtsiz hayotini o‘zgartirishga qaror qiladi.
Ko‘p qiyinchiliklarga qaramay Garner tavakkal qiladi. Xotini uni yosh bolasi bilan tashlab ketsa-da, u orzusiga qat’iyat bilan erishadi. Qashshoqlik, boshpanasizlik, hatto qamoqxonadagi qiyinchiliklarni yengib o‘tib, oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi.
“Faqat “ha” de”
Filmda o‘zini rivojlantirishga harakat qilayotgan bank xodimi Karlning o‘zgarishi haqida hikoya qilinadi.
Do‘stidan o‘rnak olgan holda Karl hayotiy energiyasini oshirishga qaratilgan psixologik treningga yoziladi. Aynan shu voqea to‘satdan burilish nuqtasiga aylanadi, chunki u yangi odatga o‘rganadi — u har qanday imkoniyatga “ha” deyishni boshlaydi.
“Boshidan boshla”
“Boshidan boshla” filmi mualliflari hatto film nomida ham tomoshabinlarni o‘ziga ishonishga undaydi. Jennifer Lopes o‘ynagan bosh qahramon Mayyani kutilmagan o‘zgarishlar kutmoqda. Ushbu film sizni kuldiradi, yig‘latadi, shuningdek, o‘zgarish uchun sabr-toqatli va qat’iyatli bo‘lishga undaydi.
Syujetga ko‘ra, hayoti muvaffaqiyatsizliklar va singan orzularga to‘la Mayyaning taqdiri kutilmaganda o‘zgaradi. Ayol taniqli korporatsiyada nufuzli ish uchun e’lon qilingan suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tadi. Bu unga ijodkorlik va mehnatsevarlik diplomdan qimmatroq ekanini isbotlash imkonini beradi.
Бахт изидан хайотда энг катта мотивация берадиган кино
Хаетда шундай вазиятлар булиши, одамни факат кучлирок килиш кере
Афсус хамма хам бундай синовлардан ута олмайди, купла синиб кетади
Turi etas, hayotda qanchalik qiyinchiliklar odam o’sishi uchun beriladi
Juda zo’r kinolar
Rahmat
Hayotda ba’zan motivatsiya yetishmaganda, shunday kinolarni tomosha qilish kerak
Juda zo’r filmlar
Kuchli va hayotiy filmlar
Har doim Ha de, Jim Kerrining eng yaxshi kinolaridan biridir
Bu kinolarni ko’rsam, har doim yig’layman
Rahmat adminlar
Har bir kino nimadir o’rgatishi kerak, bo’lmasa bekor narsa
Top kinolar
Legendarniy kinolar
Bu kinolarni yig’lamasdan ko’rib bo’lmaydi
Hayotda har doim yo’l bor!