1. Kelajak rejalarni. Bu yerda gap hasad yoki ko’z tegishda emas, balki bu o’zingizga tegishligidadir. Ruhshunoslarning aytishlaricha, qachon siz muhim rejangiz bilan bo’lishsangiz, sizning miyangiz uni bajarilgan deb hisoblashni boshlar ekan. Lekin bu yerda er, xotin, ota-ona yoki yaqin do’st nazarda tutilmagan.
2. Buyuk g’alabalaringiz haqida. Hatto, siz uch boshli ajdarhoni yengan bo’lsangiz – bu haqida hamma atrofdagilarga aytib berish shart emas. Bunda sizda maqtanchoq bo’lish xavfi bor.
3. Chegaralashtirish haqida. Siz jiddiy parhezdamisiz yoki ro’za vaqtidasizmi? Bu hurmatga sazovor, ammo bu haqida gapirib yursangiz manosini yo’qotishi mumkin. Chunki har qanday ruhiy chegaralarda kamtarlik bo’lishi kerak.
4. Boshqalar haqida yomon gaplarni. Ayniqsa ular yoningizda bo’lmasa. Bu g’iybat deb ataladi va shunday insonlarni ko’pincha hurmat qilishmaydi. Esta tuting, agarda kimdir sizga boshqalar haqida ular yo’qligida yomonlik aytsa, huddi shunday siz yo’qligingizda siz haqingizda ham aytishi mumkin.
5. Shaxsiy muammolar. Bu yerda uydami, ishdami, shaxsiy hayotda yoki finansda bo’lishi mumkin. Sizning muammolaringiz – bu faqat sizni maummolaringiz va siz ularni yechimini topishingiz kerak. Albatta, kimgadir aytganingizda siz dalda olishingiz mumkin. Ammo kerakli insonlarga (ota-ona, yaqin do’st, er-xotin) aytish mumkin.
6. Bilimingiz haqida. Umuman olganda maqtanish yaxshi narsa emas. O’ta ma’lumotli bo’lsangiz ham bu haqida hammaga aytib yurish shart emas. Birinchidan, siz o’zingizni ustun qo’yib, kimnidir xafa qilishingiz mumkin. Ikkinchidan esa, bilimni ishlatmasangiz hech nimaga ega emassiz. Shuning uchun Bill Geyts bo’lmasangiz, demak rivojlanishda davom eting va bilimingizni hayot tarzingizda aks ettiring.
7. Yaxshi ishlar haqida. Yaxshilik qildingizmi, kimgadir yordam berdingizmi, uysiz itga ovqat berdingizmi, qushlarga yem berdingizmi, kimnidir hayotini yoki obro’sini qutqardingizmi, balki butun oylikni ehson qildingizmi? Yaxshi! Xudo albatta buni ko’radi va sizga yuz baravar qaytarib beradi. Ammo bu haqida hammaga aytib yurish kerak emas, chunki sizning yaxshi ishlaringiz o’zingizni ko’rsatish uchun deb qabul qilinadi.
YE! Barchasi man to’g’rimda ku!
O’zim uchun eng muhim bo’lgan maslahatlarni oldim mualiflarga o’z minnatdorchiligimni bildiraman
Iltimos, hayotni rejalashtirish stresni yengish haqida ko’proq maqolla bersalaringiz
O’zingizga muhim bo’lgan narsalarni olganingizdan hursandmiz! Ha, hayotni rejalashtirish va stresni yengish haqida maqolalar albatta bo’ladi. Bizda shu turdagi maqolalar talaygina, quyidagi linkga o’tib qarab ko’rishni maslahat beramiz, – https://fazo.tv/category/hayot/
Ayrimlari manga tegishli.Lekin hech kimga aytib bo’lmaydigan boshqa narsalar ham bor.Aytardim-u,vaqtim yoq-da.
Salom Malika, sal vaqtingiz bo’lganda aytib berarsiz)))
Men ham uzimga xulosa chiqardim
Juda yaxshi maslahatlar Fazo.tvga raxmat
Har doimgidek Fazo tv hayotimizda bizaga kereli maslahatlani berish bilan ovora Rahmat slaga bu maslahatla hayotimiz davomida kere bo’lib as qotadi digan umidaman bundanam yaxshi maslahatlani kutib qolamz
Katta rahmat!!
Rahmati szmas biza etishimiz kere szga rahmat ajoyib maslahatladan bizani habardor qiganiz uchun
Ha siringizni hech kimga aytmaslik kerak
Rahmat
Xa rejalarni ham aytmaslik kerak etwadiyu Soz ogrisi noladi Fikr ogrisi boladi deb
Ko’pincha rejalaringizni boshqalarga etsangiz, miyada bu reja amalga oshdi degan fikr paydo bo’ladi va inson uni amalga oshirishga niyati kamayadi
Men bu gaplardan juda ko’p narsalarni o’rgandim va bu menga katta mativatsiya berdi.
Katta rahmat sizga!
Juda ham ajoyib fikirlar
Qoyil
Iloji bölsa qanday qilib döst chin döst bilan soxtasini ajratish haqida ham maqola chiqaring
Salom Maftuna! Rahmat, albatta chiqazishga harakat qilamiz
juda yaxshi maqola ekan uzimga tegishlilarini oldim silaga raxmat
Assalomu alaykum . Bu fikrlar oʼta maʼnolidir. Men oʼylab qarasam hayotimda Bularning ayrimlariga amal qilmas ekanman.Ajoyib maslahatlar uchun katta rahmat.Alloh rozi boʼ
lsin sizlardan
Xayotmiz uchun yaxshi kerakli malumatlar
Juda yaxwi maqola.
Juda ajoyib maqola ekan rahmat fazotv ancha foydali biz uchun kerak maslahatlarni yozib chiqaribsizla men hech kimga shu paytgacha men haqimda sorashmaguncha hech kimga gapirmayman
Men sir saqlashni bilmayman, nima qilsam bo’ladi?
Juda to’g’ri yozilgan
Juddayam manoli maqola ekan man o’zmga tegiwlilarini ovoldm a slaga esa omad