Birinchi uchrashuvga chiqish ham hayajonli ham hovotirli bo’lishi tabiiy. Hayajonli bo’lishining sababi – siz kimnidir o’rganish uchun ketyapsiz, hammasi yaxshi bo’lsa, sizning hayotingizga yangi bir inson kirib keladi. Hovotirli tomoni esa uchrashuv qanday o’tishi sizga noma’lum, qiz sizga yoqadimi yoki qizga siz yoqasizmi? Bularni o’ylab hayajoningiz ming karra oshadi.
Quyida berilgan maslahatlar, birinchi uchrashuvning omadli kechishini ta’minlashda ko’maklashadi. Ularga rioya qilib, yoningizdagi qizni qalbini o’girlang. Unutmang, birinchi uchrashuvning omadli kechishi – ikkinchi uchrashuvga yo’l ochadi, aks holda qizdan umidingizni uzavering!
Maslahatlar:
Esda qolarli joy tanlang.
Tanlagan joyingiz romantikaga boy bo’lib, chinam va toza bo’lsin. Birinchi uchrashuvning joyi juda katta ahamiyatga ega. Sababi bu joy ikkingizning ham hotirangizda bir umrga muhirlanib qoladi. To’gri balki, bu restaranni tanlash sizga biroz qimmatga tushar, ammo yodingizda bo’lsin, birinchi uchrashuv – katta ahamiyatga ega.
Kiyimingizga e’tiborli bo’ling.
Ayollar tug’ma ravishda modaning quli bo’ladi. Albatta , kiyimingiz ularning e’tiboridan chetta qolmaydi. Shuning uchun shunday kiyinki, ortiqcha izoha hojat qolmasin. Kiygan kiyimingiz o’tiradigan restaraningizga va boradigan joyingizga mos bo’lsin. Qizdan nima kiiyishini aslo so’ray ko’rmang. Shunday kiyiningki, u ham odatiy bo’lsin, ham jiddiy.
Jentelmenlik qiling.
Birinchi uchrashuvda qizingiz shunday xizmat ko’rsatingki, u o’zini malikalardek his qilsin. U uchun eshiklarni ochib bering, o’tirish vaqtida stulini to’girlang.
O’zingiz haqingizda emas, u haqida gaplashing.
Birinchi uchrashuvdan o’zingiz haqida ko’p gapirmasdan, yoningizdagi qiz haqida ko’proq suhbatlashing, uning so’zlarini bajonidil tinglagingiz kelayotganini ko’rsating. Ayollar, ularning so’zlarini tinglaganlarni va ma’qullaganlarni xush ko’rishadi. Shuning uchun suhbat davomidas o’zingizni aqlliligingizni ko’rsatish uchun aslo bahslasha ko’rmang, uning fikrlarini qo’llab quvvatlang.
Atrofingizdagi odamlarga ham yaxshi muomalada bo’ling.
Birov jig’ingizga tegsa yana urshib o’tirmang u bilan, kerak bo’lsa uzr so’rab o’tib keting. Bunday oliyjanoblikni ayollar yuqori baholashadi.
Uyigacha kuzatib qo’ying.
Bu albatta qizning sharoitiga qarab. Agar imkon bo’lsa, uyiga yaqin manzilgacha kuzating va uyga borib albatta qo’ng’iroq qilib qo’ying. Agar sizga qiz yoqmasa yoki boshqa biror yoqimsizlikni his qilsangiz, darrov munosabatni uzib qo’ymang, 2-3 kun qo’ng’iroq qilib turib, so’ngra uzoqlashsangiz bo’ladi.
Agar qiz yoqsa, unda ikkinchi uchrashuvga taklif qilsangiz bo’ladi, bunda uning javobi muhim emas, muhimi qizga sizga yoqqanligini bildirish. Omad!
Assalomu alaykum. Juda foydali ma’lumotlar yozibsizlar. Qizlarga atalgan shunday maqola yo’qmi?
Salom Lola, qiz uchun ham yozib qo’ydik
https://fazo.tv/hayot/to-ydan-oldingi-uchrashuv-va-7-qadam-qizlar-uchun/
ha, k6rdim! raxmat fazo.tv
Rahmat