Inson va hayvon

Inson va hayvon

Nizomiy Ganjaviyning “Layli va Majnun” dostonidagi bir hikoyat bor: O`tmishda bir zolim hukmdor yashab o`tgan edi. U qonxo`rlik, jabr-zulmda haddidan oshgan edi. Uning saroyida maxsus qafaslarda odamxo`r itlar ham boqilar, kim ko`ziga yomon ko`rinsa, ana shu vahshiy jonzotlarning oldiga tashlar, itlar bu sho`rlikni bir zumda tilka pora qilishardi. 

Podshohning bir g`ulomi har doim itlarga qarash bilan band edi. Itlar ham unga o`rganib qolishgan, undan boshqa hech kimni yaqin yo`latishmasdi. Nima bo`ldi-yu, uning qaysidir bir ishi podshoni ranjitdi. Hukmdor uning o`zini ham o`sha vahshiy itlar qafasiga tashlashni buyurdi. 

Ertasi kuni shoh gunohkorning g`ajilgan suyaklarini ko`rib huzur qilish uchun itlarning qafasi tomon yurdi. Ne ko`z bilan ko`rsinki, g`ulom itlar qafasida soppa-sog` o`tirar, vahshiy jonzotlar esa, xuddi beozor mushuk singari uning pinjiga kirishgan edi. Podshoh bu holning sababini so`radi. Shunda g`ulom o`rnidan turib “Podshohim, shuncha yil xizmatingizni qilib, sizdan ko`rgan ro`shnoligim shu bo`ldi. Meni itlarga em qilmoqchi bo`ldingiz. Itlar esa, mendan ko`rgan g`amxo`rligi tufayli menga zarracha ozor etkazmadi va ko`rib turganingizdek men sog`-salomatman”…

Qissadan hissa shuki, yaxshilikni bilmaydigan, beandisha, noinsof odamlardan ko`ra vahshiy hayvon a`loroqdir. 

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    Juda turi yozilgan, rahmat fazotv

  2. Anonim

    Daladan ayvon yaxshi, davomini o’zila bilasila

  3. Тимур

    Жуда яхши езилган. Бу дунёни факат севги куткаради

  4. Aziza

    Anonim yozganizi davomi qanaqa? Ewitmaganman

  5. Тимур

    Куйин Азиза, давоми жуда хунук

  6. Anonim

    Xaripdan hayvon yaxshi

  7. Aziza

    dash

  8. Aziza

    Bekor surabman dash

  9. Тимур

    Этимку сурамен диб smile

  10. Vasila

    Yaxshi maqola yozilgan

  11. Asal

    Hozida mehribon va odobli odamni topish juda qiyin

  12. Anonim

    good good good

  13. Shoxista

    Minnatdor bo’lib yashash kerak

  14. Umid

    good

  15. Anonim

    Klass

  16. Jamila

    Havochi?

  17. Farruh

    Yaxshi inson bo’lish kerak

  18. Karimova

    Qoyil

  19. Anonim

    Odam bo’lib keldik, odam bo’laylik

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social