Ishda dam olish uchun 50 ta g’oya (1)
Davomi…
26. Gavdani yaxshilash uchun daraxt kabi tekis turing: qo’llaringizni tepaga cho’zing, oyoqlar bilan yerga qattiq turing, chap oyog’ingizni tizza tomon buking va chap oyog’ingizni o’ng oyoqning tizza qismiga tekkizing, 1-2-daqiqa turing.
27. Videoni ingliz tilida tarjimasiz tomosha qiling. Hamma narsani tushunmasangiz ham, kundalik amaliyot sizning bilimingizni yaxshilaydi.
28. Qisqa hikoyani yozing. Ehtimol, siz yozuvchilik qobiliyatini topishingiz mumkin. Biroq, hech qanday aql bovar qilmaydigan narsa chiqmasa ham, bu har xil fikrlarda kurashishga yordam beradi.
29. National Geographic ning fotosuratlarini ko’ring. Ular qiziqarli va yangi orzularga ilhomlantiradi.
30. Eng g’amgin hamkasblaringizni kuldiring. U inson g’amgin kayfiyatda samarasiz bo’lishi mumkin.
31. Cho’ziling: oyoqlarni yerga, qo’llaringizni eshik tomonga, umurtqani uzaytirish uchun oldinga egiling.
32. Minnatdorchilik bildiring: yaqinda sizga qandaydir yordam ko’rsatgan insonga minnatdorchilik bildiring.
33. Fayllarni tozalang. Virtual ish stoli ham muntazam tozalashga muhtoj.
34. Yangi retsept toping. Siz kechki yoki hafta oxirida o’zingiz va yaqinlaringizni oshpazlik mahoratingiz bilan hayron qoldirishingiz mumkin.
35. Ko’zlar uchun gimnastika qiling.
36. Orzu qiling: mukammal dam olish rejasini tuzing, orzuingizdagi uyni tasvirlang yoki xo’jayiningiz o’rnida o’zingizni tasavvur qiling. Orzular ushaladi!
37. Yugurish yoki uyni umumiy tozalash uchun yangi musiqaviy pleylist yarating.
38. Kasbingizdagi yangiliklarni o’qing.
39. Gul sotib oling: gul do’koniga borib, ofisga go’zallik olib keling.
40. San’at bilan shug’ullaning: Google Cultural Institute virtual galeriyasiga tashrif buyuring.
41. Ish joyida ozgina dam oling. Ish kunining o’rtasida 10-20 daqiqa dam olish yangi ma’lumot uchun xotirani tozalaydi.
42. O’yin o’ynang. O’yinlar muntazam ishdagi stressni yo’qotadi.
43. Audio kitob tinglang. Yangi narsalarni o’rganayotganda, ko’zlaringiz dam olsin.
44. Yangiliklar lentalarini tozalang. Vaqt o’tishi bilan ular ahlatga aylanadi – o’zlarining ahamiyatini yo’qotgan va spam bo’lib qolgan odamlar va guruhlar obunalarini bekor qiling.
45. Ish yuzasidan savolingiz bo’lsa, hamkasbingiz bilan shaxsan muhokama qiling. Elektron pochtasiga xat jo’natmang.
46. Hech narsa qilmang. Taymerni kamida 5 daqiqaga o’rnating va hech narsa qilmang.
47. Yorqin joyni toping va quyoshdan rohatlaning – kayfiyat ko’tariladi.
48. Ish yuzasidan duch kelmaydigan kompaniyangiz xodimi bilan tanishing.
49. Tabiatning ajoyib tovushini tinglang: qushlarning sayrashi ilhom bag’ishlaydi, kayfiyatni yaxshilaydi va suv tovushi asablarni tinchlantiradi.
50. Kelgusi kunlarda hayotingizni yanada osonlashtiradigan hayot layfxaklarini toping va o’qing.