Kun davomida miya salomatligi haqida atigi bir necha daqiqa g‘amxo‘rlik qilish, mental salomatligingizga e’tibor qaratish va ichki holatingiz ustida ishlash o‘zingizni yaxshiroq his qilishingizga yordam beradi.
Bamaylixotir taomlaning
Ovqatlanayotgan vaqtda ish haqidagi eslatmalarni va fikrlarni xayolingizdan chiqarib tashlang. Shoshilmang — bu daqiqalarni ayni lahzani his qilish va ovqatdan rohatlanish uchun ishlating. Bu miyaning dam olishiga yordam beradi.
Telefon va boshqa gadjetlarni chetga surib qo‘yishni unutmang. Ovqatlanishga diqqatni qarating: sekin chaynang, taom hidi va ta’mini his eting.
Sayrga chiqing
O‘zingizga kun davomida tanaffus berib, ko‘chaga chiqing. Tadqiqotlarda yurish tashvishni pasaytirib, kayfiyatni ko‘tarishi isbotlangan. Bundan tashqari, shoshilmay qilinadigan sayr his-tuyg‘ularingizga e’tibor qaratish imkonini beradi. Agar faqat tushlik paytida yurish imkoniyatingiz bo‘lsa, bunga 15-20 daqiqa vaqt ajrating.
Yaqinlaringiz bilan gaplashing
Sevimli insoningizga qisqa xabar yuboring, tushlik vaqtida ota-onangiz bilan qo‘ng‘iroqlashing yoki do‘stlaringiz bilan muloqot qiling. Yaqin insonlaringiz bilan aloqa qilish oksitotsin gormoni darajasini ko‘taradi, bu esa stressni kamaytiradi va o‘zimizni yaxshiroq his qilishimizga yordam beradi.
Agar ofisda ishlasangiz, hamkasblaringiz bilan gaplashing. Yoqimli muloqot endorfin va dofamin darajasini ko‘taradi, ular ham yaxshi kayfiyat uchun javobgardir.
Sevimli podkastingizni tinglang
Sevimli podkastlaringizni tanlanganlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ying va ularni ish kuni tugashiga yaqin yoki uyga ketayotgan paytda tinglang. Bu kayfiyatni ko‘tarishga va oila bilan uchrashishdan oldin diqqatni boshqa tomonga qaratishga yordam beradi.
Ish kuni tugashini anglatuvchi odatlar o‘ylab toping
Hamma ham ish bilan shaxsiy hayoti o‘rtasida aniq chegarani belgilay olmaydi, ayniqsa uydan ishlaganda. Kun oxirida ish rejimidan chiqishga yordam beradigan maxsus odatlar o‘ylab toping. Mutaxassislar bir necha variantlarni taklif qiladi:
- hamkasblaringizga ish kuningiz tugaganini xabar qilish;
- “stressni yuvib tashlash” uchun dush qabul qilish;
- bir stakan suv ichish;
- besh daqiqaga ijobiy musiqa tinglash.
Bunday oddiy harakatlar miyaga bugungi ish kuni tugatilganini anglatuvchi signal sifatida xizmat qiladi, demak, endi ish haqida o‘ylashni to‘xtatish vaqti kelgan.
Dam olishni rejalashtiring
Yetarli darajada dam olayotganingizga ishonch hosil qilishning eng to‘g‘ri usuli — kichik tanaffuslarni rejalashtirishdir. Kunlik jadvalingizga kamida bir necha daqiqalik dam olish vaqtini kiriting.
Masalan, ertalab qo‘shimcha bir soat ajratib, uni butunlay o‘zingizga bag‘ishlang yoki 11:00 dan 11:15 gacha bo‘lgan vaqtni choy ichish va qisqa tanaffus uchun ajrating.
Texnologiyalardan foydalanishni cheklang
Keyingi safar qisqa tanaffus kerak bo‘lganda, gadjetlardan foydalanish o‘rniga qo‘lingizga daftar olib, o‘ylaringizni yozib oling yoki telefon va noutbuk talab etilmaydigan hobbi, masalan, to‘qish bilan shug‘ullaning. Bu miya uchun qayta yuklash imkoniyatini yaratib, sizga ish va ijtimoiy tarmoqlardan dam olish imkoniyatini beradi.
Jismoniy mashqlar qiling
Jismoniy faoliyat har doim yaxshi, ayniqsa vaqtingizning katta qismini kompyuterda o‘tkazsangiz. Ishda oshxonada navbat kutayotganda bo‘yningizni cho‘zib yoki boshingizni aylantiring. Vaqti-vaqti bilan stoldan turib, qo‘llaringizni oldinga-orqaga siltang yoki barmoqlaringiz polga tegguncha egilib turing.
Rahmat
Hayotimiz abadiy emas, bar4a narsalani iw deb utkazib yubormaslik kere
Ishdan charchaganda hech narsa yordam bermaydi
Рахмат Фазо тв
Juda foydali maqola bo’libti
Yoqdi
Ishlaydiganlar bu saytga o’zi kiradimi? Asosiysi maktab o’quvchilari kiradi shekilli
Institutda uqidigonlayam kiradi
Adawmasam Timur aka iwlidila
Ха, ишлиман ва кириб укиб тураман. Яхши сайт
Yoqdi menga, raxmat
Yoqdi
Rahmat
Raxmat
Ishdan juda charchadim
Nima qilasiz?
Uy yig’ishtiraman