Ishingizdan bo’shashdan oldin o’zingizga berishingiz kerak bo’lgan savollar

Ishingizdan bo’shashdan oldin o’zingizga berishingiz kerak bo’lgan savollar

Ish qidirish – mas’uliyatli jarayondir. Ariza yozishdan oldin, barcha ijobiy va salbiy tomonlari ko’rib chiqish lozim. Yangi ish qidiruv vaqtida pul zaxirasi bo’lishiga ishonch hosil qilish, hozirgi ish haqiqatdan ham foydali emasligini baholash va hissiyotlar ostida emasligingizni aniqlashingiz kerak.

Agar siz hozirda avvalgi ishingizni tark etishga tayyor bo’lsangiz, o’zingizga quyidagi savollarni berib ko’ring:

“Muammo vaqtinchalikmi yoki doimiymi?”

Hal bo’lmaydigan muammolar bor. Masalan oylik o’zgarishi, rahbariyatning yomon munosabati, tashkilotning siz uchun noqulay joyga ko’chib ketishi.

Shuningdek, vaqtinchalik muammolar ham bor. Masalan, hamkasblar o’rtasidagi janjal, bu oy uchun bonus yo’qligi, qaysar buyurtmachi, loyihadagi muvaffaqiyatsizlik…..

Ishdan ketishdan oldin, muammoning taxminiy tugashini aniqlang. Agarda muammo shunchalik noqulaylik tug’diradigan sababga ega bo’lsa, unda ishni tark etish bahona bo’lmasligi lozim.

“Menda yaxshilanish bormi?”

Ba’zan darhol yangi muhitga qo’shilish, yangi mavqega ega bo’lish va sizga shubha bilan qaraydigan xo’jayinni o’zingizga qaratish qiyin. Biz bunday vaziyatlarda tez qo’llarimizni tushiramiz va bo’shab ketishni istaymiz.

Lekin bir necha oy davomida o’zingizni kuzatib boring va yaxshilanishlarni aniqlang. Agar vaziyat yaxshilanayotgan bo’lsa (hatto juda sekin bo’lsa ham), ishdan bo’shashni keyinga qoldirib turish yaxshiroqdir.

“Mening fikrim bo’sh emasmi?”

Bir joyda uzoq vaqt mehnat qilsak, biz nima uchun bu ishni tanlaganimizning ijobiy jihatlarini ko’rishni to’xtatamiz. Biz yana o’zimizga mos bo’sh ish o’rinlari ham bor deb o’ylayshni boshlaymiz, biroq ma’lumki, qo’shni bog’dagi o’tlar doimo yam-yashil bo’lavermaydi.

Nima uchun bu kompaniya va bu lavozimni tanlaganingiz doimo yodingizda bo’lsin. Agar ishdan bo’shash kerak bo’lsa u holda ijobiy narsalarga e’tibor bering: ofisning uyga yaqinligi, masofadan ishlash imkoniyati, mukofotlarning jozibador tizimi, kompaniyaning mashxurligi va boshqalar. Balki, siz bu imtiyozlar bilan xayrlashishni istamaysiz.

“Bo’shashish orqali men faqat o’zimni o’ylayapmanmi?”

Ba’zida, hamkasblar yoki xo’jayinlar bilan kelishmovchilik chiqqanida ishdan bo’shayman deb o’zimizga va’da berishni istaymiz. Biz atrofdagilardan xafa bo’lib, miya doimo bir fikrni qaytarib turaveradi: “Mana, men bu yerdan bo’shab ketaman – keyin ular ko’rishadi”.

Lekin ishoning, hech kim sizga qarab afsus qilmaydi. Munozarali janjal tufayli bo’shab ketish sizni faqat yomonlashtiradi. Mojarodan bir necha hafta o’tgach, hech qanday iz ham qolmasligi mumkin edi.

“Men nima maqsadda harakat qilaman?”

Siz aniq bo’shab ketish istagida qattiq turibsiz. Ammo, ariza yozishdan oldin, bir tasavvur qilib ko’ring. Siz qanday lavozim xohlaysiz? Sizning ishingiz uchun qanday to’lov munosib deb hisoblaysiz?

Ba’zan, biz ishdan bo’shab, yana bir qadam orqaga qaytib, maqsadimizdan uzoqlashib ketamiz. Bu sizga aloqador emasligiga ishonch hosil qiling.

“Ishdan bo’shatilganda qancha pul to’lanishi kerak?”

Ishni tark etishdan oldin, o’zingizga kerak bo’lgan barcha pullarni qabul qilganingizga ishonch hosil qiling.

Aks holda, siz maoshning norasmiy qismini ko’ra olmaysiz va foydalanilmagan ta’til uchun haq to’lashlarini bilmaysiz.

“Mening oilam nima deydi?”

Agar siz o’zingizning ishtiyoqingizga amin bo’lgan bo’lsangiz va kelgusida nima sodir bo’lishini bilsangiz, qaroringizni oilangiz bilan muhokama qilishni unutmang. Yaqinlaringiz sizni qo’llab-quvvatlashiga ishonch hosil qiling. Agar bunday bo’lmasa, buning sababi bormi?

Ishoning, bizning rejamizdagi muvaffaqiyatlarning 50 foizi eng muhim kishilarning bizni qo’llab-quvvatlamasligiga bog’liqdir.


Siz ishdan bo’shashni istagan kishilarga qanday maslahat berasiz? Sizningcha, ushbu vaziyatda barcha narsalarni ko’rib chiqa olish mumkinmi? Biz siz bilan muhokama qilishdan mamnun bo’lamiz.


 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social