Janubiy Koreyadagi hayot tarzi boshqa davlatlarnikidan keskin farq qilishini isbotlovchi suratlar

Janubiy Koreyadagi hayot tarzi boshqa davlatlarnikidan keskin farq qilishini isbotlovchi suratlar

Janubiy Koreya har doim o‘zining koloriti, an’analari va turmush tarzi bilan hatto tajribali sayohatchini ham hayratda qoldiradi. Misol uchun, odamlar o‘zlari ovqat pishiradigan kafelar yoki taksi haydovchilari yo‘lda ham televizor ko‘rishi har qanday odamni taajjublantiradi.

Janubiy Koreyada mijozlar uchun stollar va mikroto‘lqinli pechlar qo‘yilgan supermarketlar mavjud.

Mahalliy do‘konlarda esa tatib ko‘rish uchun ko‘plab mahsulotlar taklif etiladi — kolbasa, chuchvaradan tortib tort, mevalargacha.

Shuningdek, mamlakatda tashrif buyuruvchilarning o‘zlari ovqat pishiradigan kafe mavjud.

Koreyslar o‘zlarining tashqi ko‘rinishiga juda e’tibor beradi

Janubiy Koreya aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan plastik jarrohlik amaliyotlari soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 10 foizi plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Boshqa hisob-kitoblarga ko‘ra, 19 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan janubiy koreyalik har uchinchi ayol plastik jarrohga murojaat qilgan.

Avtobus bekatlari issiq havoda suv sepib, salqinlik beradi

Ba’zi kitoblar atiri bilan birga sotiladi

O‘quvchilar topshiriqlarni daftarga emas, balki bevosita darsliklarga bajaradilar

Taksi haydovchilari yo‘lda ham televizor ko‘rishadi

Seul metrosida salat yetishtiriladigan mini-fermalarni ko‘rish mumkin

Janubiy Koreyadagi politsiya mashinalari miltillovchi chiroqlar va yuqoriga siljiydigan elektron displeylar bilan jihozlangan.

Mamlakat atrof-muhitga e’tibor bilan munosabatda bo‘ladi. Misol uchun, bu zinapoya daraxtlar atrofida qurilgan

Wi-Fi mamlakatning hamma joyida bor — kafelarda, bekatlarda, metroda, uyga kiraverishda, avtobuslarda. Va hamma joyda bepul.

Ko‘chalarda esa tez yordam chaqirish tugmalari o‘rnatilgan.

Janubiy koreyaliklar Eyfel minorasini yaxshi ko‘radilar, uni hamma joyda ko‘rish mumkin

Ba’zi joylarda haydovchilarni yo‘lni qurbaqalar kesib o‘tishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi belgilar mavjud.

Deyarli barcha eshiklar elektron qulflar bilan jihozlangan

Koreyaning deyarli hamma joyida kalitsiz eshik qulflaridan foydalanishadi — eshiklar elektron qulflar bilan jihozlangan.

Bog‘cha bolalari ko‘pincha piknik va muzeylarga boradi. Bolalar olomon orasida adashib qolmasliklari uchun hammaga bir xil rangdagi forma beriladi. Har bir bog‘chaning o‘ziga xos formasi bor.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Рульда телевизор куриш ваще хафли

  2. Koreya zur davlat good

  3. Elektron qulflani o4iw osonmasmi?

  4. Yana borgim kelayabdi smile

  5. unknw kupini twunmadim

  6. Карима

    Карисла зур

  7. Pinokkio

    Koreyaga kim borgan?

  8. Sardorio

    Kareada mazza, iwlawga borudim

  9. Samandar

    good good yaxwi

  10. Mirmo'minov

    qiziqku

  11. Qa4on Koreyaga boramiz?

  12. Ajoyib zor yaxshi ekan kareyaga bormasam xam korib borrganday boldim rahmat ajoyib maqola bolibti

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social