Ko`k va qizil ko`z oynak farqini va ularning ahamiyati ko`pchilik uchun sir emas. Ularning eng katta farqi bu – ularning rangidadir. Chunki ko`k ko`z oynak taqib atrofga qarasak, atrof muhit ko`kimtir rangda jilovlanadi. Qizil rangli ko`z oynak taqsak, atrof qizg`ish rangda ko`rinadi. Mana ularning eng katta farqli taraflaridan biri.
Erkak va ayolchi? Ularning farqlari nimada? Insoniyat paydo bo`lgandan buyon muqaddas oila tushunchasi mavjudir. Oilada esa er va ayol hamisha bir birlarini tushinishmaydi. Buni oddiy bir misol bilan tushintirish mumkin. Ular dunyoga ikki hil ko`z oynak bilan qarashadi. Ya`ni erkaklar dunyoga ko`k ko`z oynak bilan nazar solsa, ayollar esa aksincha qizil ko`z oynak bilan dunyoga nazar solishadi. Mana ularning farqi.
Bu farqlilik esa mana necha yildirki er va ayolning oiladagi kelishmovchiligiga sabab bo`lib kelmoqda. Vaholanki oiladagi bo`layotgan muammolarda er yoki ayolning xatosida emas. Bu erkak va ayolning fikrlashlari, muhtojliklari va dunyoga bo`lgan nazarlari turlichadir.
Erkak va ayol farqi nafaqat fiziologik tuzilishida emas, balki ularning psixologik va ijtimoiy holatida ham farqlikni ko`rishimiz mumkin. Agarda shularni bilib olsangiz, erkak va ayol orasidagi ko`pchilik tushunmovchilik nega kelib chiqishini va uni oldini olish mumkin bo`ladi.
Erkak uchun xurmat, ayol uchun sevgi muhim. Xar qanday vaziyatda ham erlar o`zlarini xurmatga sazovor deb his qilishlarini xohlaydilar. Erkak turmush o`rtog`ining sevgisini xurmat orqali tushunadi. Ayollarda esa aksincha, xar doim o`zlarini sevimli yor sifatida ko`rishni xohlaydilarva bu ularning orzusi. Qaysidir er uchun xurmat bu-ishdan qaytganda ayoli uni chiroyli tabassum bilan kutib olishi, kimgadir esa ayoli uni boshqalar oldida kamsitmasligi, ba`zilarga esa ayoli uyni sarimjon va sarishta qilib tozalab qo`ygani xurmatdir. Ayollar uchun sevgi nima? Turmush o`rtog`idan kutilmagan sovg`a olish, shirin so`z, uning uy ishlariga ko`maklashish va boshqalardir.
тўғри биз учун энг муҳими ширин гап.
эркаклар учун хурмат
Эркак учун хурмат, аёл учун севги муҳим! Бу фикрга мен хам қўшиламан.
Oiladagi kelishmovchilik bu muammo emas. Balki bu bir-birimizni yanad ko’proq tushinishimiz va bir-birimisni ko’proq bilishimiz uchun imkoniyatdir. Maqola uchun katta raxmat.