Men nima uchun yashayapman?

Men nima uchun yashayapman?

Hayotning ma’nosiga etish, bu keng ko’lamdagi ma’no bilan bog’liklikni his etish – yagona va eng muhim bir ishki, buni deb boshqa ishlardan voz kechmoq mumkindir. N. Berdyaev

Bolg’ani oling. U mixni qoqishga mo’ljallangan. U shuning uchun yaratilgan. Bolg’a hech qachon o’z mo’ljali bo’yicha qo’llanmayotganini ko’z oldingizga keltirib ko’ring. U boshqa anjomlar bilan qutida yotibdi. Bolg’aga farqi yo’q.

Endi esa jonli bolg’ani, “ongli bolg’a”ni ko’z oldingizga keltiring. U kuni bilan o’sha qutisida yotibdi. U o’zini g’alati his qilyapti-yu lekin nima uchunligini tushunmayapti. Unga nimadir etishmayapti-yu, ammo nimaligini bilmaydi.

Bir kuni kimdir uni idishidan oladi va o’t yoqish uchun o’tin yorishni boshlaydi. Bolg’a o’zida yo’q xursand. Uni ushlab turishibdi, u yoq bu yoqqa aylantirishyapti, novdalarga urishyapti – bolg’a juda mamnun. Lekin unga bu ham kam. Novdalarga urish – bu albatta zo’r, ammo bu ham eng kerakli emas hali. Bu ham kam.

Keyingi kunlarda uni tez-tez ishlatishyapti. U g’ildirakni to’g’rilaydi, yupqa metalni urib teshyapti, stol oyog’ini joyiga to’g’rilab qo’yyapti. Ammo unga bu ham kam. Bolg’a u bilan tez-tez urishlarini, buzishlarini, urib teshishlarini xohlamoqda. Uning fikrlashicha, agar bu ishlar ko’proq bo’lsa – uning baxti shunda bo’ladi.

Bir kuni u bilan mix qoqadigan kun ham keldi. Birdaniga uning ko’ngli yorishdi. Mana endi u nima uchun yaratilganini tushundi. U mix qoqish uchun mo’ljallangan ekan! Qolgan hammasi damini olsin. Uning bolg’a qalbi nimani qidirayotganini endi topdi.

2

Biz nima hohlaymiz o’zi? Menimcha, biz shu bolg’aga o’xshab ketamiz. Biz nima istashimizni o’zimiz ham bilmaymiz. Biz qalbimizdagi bo’shliqni qayoqdagi bir narsalar bilan to’ldiramiz-da, lekin bizga bu ham kam. Biz baxt borligini bilamiz ammo qanday qilib uni topish mumkinligini bilmaymiz.

Oxir-oqibatda, endi voyaga etib, katta bo’lishimiz kerakligi haqida va do’stlarimizning hamma narsaga o’ta jiddiy qaramasligimiz kerakligi haqidagi maslahatlariga quloq sola boshlaymiz. Biz ma’noni bilishga bo’lgan chanqog’imizni spirtli ichimliklar bilan bosishga harakat qilamiz va boshqalardan kam emasligimizga ham rozi bo’lib yashaymiz. Biz yanada buyukroq maqsadlarga intilmay qo’yamiz.

Ayanchli hol, to’g’rimi? Nahotki baxt yo’q bo’lsa? Balki biz o’z miximizni hali urmagandirmiz?

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Yaxshi hikoya ekan. Unday bo’lsa maqsadni qanday topish mumkin? Kim nima uchun dunyoga kelgan. Sizlarning gapingizga qaraganda har bir odamning maqsadi yoki ma’nosi bor. Mana shularni qaydan bilish mumkin?

  2. Amirxon

    Har bir narsaning o’z vaqti bo’lsa kerak. Bir kun kelib har bir inson qanday maqsad bilan bu dunyoga kelganligini anglab boradi. Achinarlisi shuki, ba’zi insonlar shu tezroq bilishim kerak deb, butun hayotlarini rasvo qilishadi. Har bir narsaning o’z vaqti bor, shuni esdan chiqarmasdan yashash lozim, deb o’ylayman.

  3. By James

    salom

  4. Fazo.tv

    Salom By James! Yaxshimisiz?

  5. Javohir

    Hamma vahti kelib oz joyini topadi deb oyliman hammani taqdiriga yozilgan joyi bor hammani oz orni bor orzularimizni faqatkina orzu emas maqsad deb bilishimiz kerak deb oyliman

  6. Fazo.tv

    Salom Javohir, xabaringiz uchun raxmat, biz bilan qoling smile

  7. Rahmat

  8. Rahmat, yoqdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social