Men xam talaba bo`lishni orzu qilgan edim

Men xam talaba bo`lishni orzu qilgan edim

Bu yil kollejni tamomlagach qat`iy ishonch bilan o`qishga kirishni maqsad qilib qo`ydim. O`qishga bo`lgan irodam va xohishim oshib borayotganini kundan-kunga his etardi. Barcha do`stlarim va tengdoshlarimga, “Men xam talaba bo`lishni orzu qilaman” deb jar solar edim. Ammo bu orzuim test natijalarini ko`rgan zohatiyoq yo`q bo`lganini tushindim. Afsus Oliy O`quv Yurtiga o`qishga kirolmadim. Shu vaqtda mendagi orzu va xohishlar, maqsadlarim xam oldinga bo`lgan intilishim va irodam so`ngdi. Xozir ota-onamning va do`stlarining ko`ziga ham qaray olmayman. Xar kuni do`stlarimni institutdan qaytayotgandan ular bilan suhbatlashib qolamiz. Garchi men yuzimda tabbassum bo`lsa ham, ammo men ichimdan juda ham qiynalaman. Xozirgi holatim faqat o`zimga ayon. Xuddi boshi berk ko`chaga kirib qolgandayman. Nima qilmay? Men xam talaba bo`lishni orzu qilgan edim… deydi, suhbotdoshimiz Sanjarbek.

Albatta, bugungi kunda talaba bo`lish va Oliy O`quv Yurtida o`qish xar bir yoshlarning katta maqsadlaridan biridir. Xozirgi kunda Sanjarning holatiga tushgan yoshlarimizni ko`plab uchratishimiz mumkin. To`g`ri xayotdagi bunday muvaffaqqiyatsizliklar xar birimizning maqsadga bo`lgan irodamizni so`ndiradi.

Ammo bir xaqiqatni bilishimish va uni anglashimiz juda xam muhimdir. Bu yil talaba bo`lolmadingiz, lekin hali imkoningiz borligini esdan chiqarmaylik. Talaba bo`lolmadim end barchasi tugadi degani emasku? Xar bir shariotda biz irodamizni saqlashimiz va uni yo`qotmasligimiz juda ham muhimdir. Sababi, iroda inson hayotining mazmunini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Maqsadga erishishga bo`lgan ishonch irodaning muhim kuchi, bosh mezonidir. Zero, qat`iy ishonch maqsad yo`lidagi qiyinchiliklarni engishga ruhiy asos yaratadi. Bir o`ylab ko`ring, irodasiz odam qahramon bo`lishi mumkinmi? Albatta, yo`q. Iroda insonning yuksaklikka chiqishida qanot vazifasini o`taydi. Insonning o`zini-o`zi idora etolmasligi uning boshi berk ko`chaga kirishiga sabab bo`ladi.

Ma`lumki, asosan irodani tashkil etuvchi unsurlar – qat`iyat, bardosh, sabr-qanoat, yo`ldan toymay, ortga qaytmay maqsadga intilish, imkon izlash, masalaning yangicha echimini topishga o`z aqlini, hissiyotini safarbar eta olish, muvaffaqiyatsizliklardan cho`chimaslik hisoblanadi. Bugun globallashuv jarayoni davom etayotgan, keskin, shiddatli bir davrda yashamoqdamizki, chigal vaziyatlarga turmush davomida ko`p duch kelamiz. Agar irodamizni ishga solmasak, bizni turli xastaliklar osongina “qarshi oladi”.

Psixolog Deyl Karnegining shunday deydi: “Biz to`qnash keladigan eng katta muammo fikrlarimizni to`g`ri yo`nalishga solishdan iborat… biz muammolarimiz bilan mashg`ul bo`lishimiz keragu ammo ulardan tashvish tortmasligimiz zarur”. Psixolog aytganidek, “men Oliy Uquv Yurtiga kira olman, vaqtdan noto`g`ri foydalanaman… aqlimni rivojlantirishga harakat qilaman. Bironta foydali narsani o`rganaman. Aqliy yalqovlikka berilmayman. Sa`y-harakat, mulohaza va e`tiborni talab etuvchi kitoblarni mutolaa qilaman… barcha yo`nalishlar bo`yicha ruhimni mashq qildiraman… pok niyatli bo`laman… shoshma-shosharlik va sarosimalikka barham beraman…” – deya harakat qilish kerakdir.

Agardi o`z ruhiyatimizni boshqara olsak, har qanday og`ir vaziyatda ham oldinga qarab intilsak, tashvishlar oldida esankiramasdan, harakatlarimizni sustlashtirmasak, bizni to`lqinlar “yutib” ketmaydi va hayot to`fonida adashtirmaydi.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. rahmat, juda yaxshi maqola, uyliman ko’plarga yordam berdi. afsus xozir ko’pincha uzbek yoshlari shunday ahvolda, men xam shunady xolatda bulganman, lekin rostdan hayot tugamadi,men boshqa narsani urganishga qirdim, va ko’p narsalarga erishdim!

  2. Men ham birinchi yil kiromagan edim, lekin bir yil yana yahshi tayyorlanib, keyin kirdim. Manda Deyl Karnegi aytgan so’zlar juda yoqdi!

  3. yaxshi maqola ekan Sanjar degan bolani holatiyam manga juda tanish.bu his tuygularni hech kimga ravo kormiman.muhimi rostanam iroda.Talaba bolishni orzu qilib yurganlarga omad tilayman

  4. Maqola zor ekan rostanham.Bu yil talaba bolmaganlar albatta kelgusi yil boladi muhimi talaba bolishga iwonish oqishni erta kechi yoq bu yil nasib qilmagan bolsa inwaolloh keyingi yil boladi avvalo ishonch va harakat bolishi kerak talaba bolmaganlar ozingizni qolga oling yaxshilab tayorlaning albatta talaba bolasiz.

  5. Fazo.tv

    smile To’g’ri aytasiz Feya!!!

  6. Dilnura

    Egamberganova
    Dilnura

  7. Taniwganimdan hursandman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social