Nima uchun ulg’ayotganda do’stlarni yo’qotishni boshlaysan?

Nima uchun ulg’ayotganda do’stlarni yo’qotishni boshlaysan?

“Do’stni yo’qotish” sen uchun qiyin bo’lsa kerak? E’tibor berganmisan vaqti bilan do’stlaring kamayib bormoqda? Bu haqida havotir olma, balki bu yaxshi hamdir.

Sen bilan qiziqmagan va sening qiziqishlaringni tushunmagan do’stlar bilan aloqada qolish nima uchun kerak? Ko’pincha, sen ulg’ayib borganda bir oddiy qaror qabul qilasan ya’ni  sen vaqtingni senga yoqqan insonlar bilan o’tkazishni boshlaysan. Haqiqatdan ham qadrdon va sodiq dos’tlarni topish qiyin va hayotda dono fikrlashga o’rganishimiz kerak.

Samimiyatsizlik va yo’lg’onni yomon ko’rishni boshlaysan

Sen ulg’ayib borasan va donolikga ega bo’lasan. Ba’zida sen ilgari gaplashib yurgan do’sting bilan bugundek yaxshi gaplasha olmasligingni ko’rasan. Sen samimiyatsiz do’stlaringni ko’rishni boshlaysan. Sen do’stlikda “sifat sondan afzalroq” ekanligini tushunishni boshlaysan. Sen ochiq va samimiy yaxshi do’sting bilan suhbat qilishni xohlaysan.

Senda kamroq vaqt bo’ladi

Ulg’ayish bilan senda ko’proq javobgarlik paydo bo’ladi va vaqting esa kamroq bo’ladi, munosabat esa orqa rejaga o’tishni boshlaydi. Shu narsa sodir bo’lganda, sen bo’sh vaqtingni qadrlashni boshlaysan va senga yoqmaydigan do’stlarga vaqt ajratishni istamasligingni tushunasan. Senga muhim  bo’lgan va yoqadigan do’stlarga bosh vaqtingni ajratishni boshlaysan.

Vaqt bilan do’stlik chuqurlashadi

Ulg’ayotganda, biz ishonchli bo’lmagan do’stlardan voz kechamiz. Sen bilan nafaqat yaxshi kunlarda, balki hayotning qiyin vaziyatlarida birga bo’lgan insonlar qoladi. Shunday insonlar bilan do’stlik munosabati yanada chuqurlashib boradi va sen haqiqiy do’stingni ko’rib boshqasini qidirmaysan. Shu bilan bu aloqa vaqti bilan mahkamroq bo’ladi.

Senda ko’proq tajriba paydo bo’ladi

Hammaga qullab-quvvatlab turuvchi do’st kerak va ulg’ayotganda sen kimga ishonishing mumkinligini ko’rishni boshlaysan. Bu narsa kim bilan qolishing kerakligi, kim bilan esa ajralib ketish vaqti kelganini bilish uchun senga yordam beradi.

Haqiqiy do’stona munosabatning bahosini – sen faqat tajriba orqali bilishing mumkin.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Muxammadrasul

    Xa bu dòstlik munosabati juda jiddiy xamda juda nozik munosabatdur dôstini xaqiyqiykigini bilgunincha xarxil nozik sr bn sinab kòr

  2. Amirxon

    Insonlar bir-birini qo’yib yuborishga qiynalishadi. Mening o’ylashimcha, asl do’stlaring qancha vaqt o’tmasin, har doim yonigda qolishadi.
    Va odamlar aytishlaricha, senga yaxshi do’st kerak bo’lsa, o’zing yaxshi do’st bo’lgin, menimcha bu juda aqlli gapdir.

  3. Dollar almashtiraman

    juda aqqlli gap ettizde. Sizga gap amrxon. Bunaqa aqqli bo’zes buyoda nima qovossiz? Domlali qizes bomasdimi?

  4. Fazo.tv

    Odamlarning aytishicha debsiz, shuni o’zingiz hayotda sinab ko’rganmisiz?

  5. Amirxon

    Xa albatta, mening hayotimda do’stlarim ko’p emas, chunki ba’zilari bilan qiziqishlarimiz, ba’zilari bilan esa dunyo qarashimiz har xilligi sababli yaxshi tanish bo’lib qolganmiz. Men do’stlarim uchun har doim hamma narsaga tayyorman va ular bilan butun umr do’st bo’lishimizga ishonaman

  6. Amirxon

    Menga bu sayt juda yoqadi va bu yerdagi maqolalarni juda zavqlanib o’qiyman. Domla bo’lishimga aqlim yetmaydi hali deb o’ylayman. Lekin sizning gaplaringiz uchun raxmat)

  7. Dollar almashtiraman

    Oborlaring! Dustlar faqat puling bulganida. Foydali bulganingda faqat. Haqiqiy dust manimcha bumasa kere. Rostanam sodiq va sevadigon dustni hali kurmadim.

  8. Fazo.tv

    Siz o’zingizni sodiq va sevadigan do’st deb bilasizmi?

  9. Dollar almashtiraman

    Manam sodiqmasman. Sevishshiyam bilmiman. Lekin bunga urganishshi holiyman. Birinchi uzindan boshagbin degansilayu qaysidir hikoyelada. Qanaqa qilib boshliman. Sila gapirasila lekin qanaqa qilishshi kurstmisila. Chala ish qilasila.

  10. Fazo.tv

    O’rganishnin hohlayman debsiz. Shu maqsadda qanday birinchi qadamni qo’ydingiz?

  11. Dollar almashtiraman

    Birinchi qadam? Bilmiman. Qanaqa maslahat berasila? Yordam berolisilami? Mani urnimda nima qigan bulardila?

  12. muslimbek

    Toģri dostlik juda ham nozik narsa shuning uchun yaxshi dost topish kerak ekan manimcha

  13. Sabriya

    Togri hayotda yaxwi dost topw qiyn

  14. Sabriya

    Dost yqlgan dostini turgaziwi biladigan ólganda qabrga boradigan bosa u chin dostdir

  15. Xaqiqiy Do‘st Bitta yo ikkita bo‘ladi undan o‘shiq bo‘lmaydi.
    aytadiku Xammaga do‘st bo‘lgan hechkimga Do‘st bo‘lmaydi deb. Buni tagida g‘ich g‘ich ma’no yashiringan buni Xayotiy tajribamda sinab ko‘rganman

  16. Fazo.tv

    Salom JBK.UZ, gapingizda jon bor, lekin ko’proq do’st ortirishga harakat qilish kerak emasmi?

  17. Mening bir yaqinn dugonam bor edi u bilan el pe eding ammo u meni tashlab keti va u bilan oddiydõst bölib qoldik eng yaxshi damlarimizni eslasam õzidan õzi yiğim keladi va shu bilan yiğlayman õzimni yığimni zõeğa ushlayman unut moqchi man ammo unutol mayapman

  18. Salom alaykum Robiya, ne44i yowdasz? uzoq dust buganmisla?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social