Biz o’tmishda o’tib ketgan narsalar haqida eslashni judayam yaxshi ko’ramiz. Shu so’zlarni aytsam bo’lar edi, agar shunday qilganimda bunday bo’lmas edi kabi hayollar bilan o’tmishni yodga olaveramiz. Biz o’tib ketgan narsalar bilan o’z hayollarimizni to’ldirib tashlaymiz. Bunday xotiralar esa bizning ongimizni zaxarlaydi va hozirda turib yana davom etib yashashdan chalg’itadi. Shunday vaziyatda o’zingizda kuch topishingiz lozim, chunki o’tmishni qaytarib bo’lmaydi va xotiralar xotiraligicha qoladi.
Sodir bo’lishi kerak bo’lgan narsa, albatta sodir bo’ladi.
Hayotimiz o’zgarishlarga to’ladir. Siz hayot yo’liga ta’sir ko’rsatishingiz mumkin, lekin ko’pincha tashqi omillar bunga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Agarda sizda shunday vaziyatlar sodir bo’lgan bo’lsa, demak shunday bo’lishi kerak edi. Siz bu haqida qancha hafa bo’lmang, buning natijasi o’zgarishsiz qoladi. Taqdir – kutilmagan vaziyatlarga boydir.
Xatoni har doim tuzatish mumkin
Bizning tuyg’ularimiz ko’pincha aql-idrokli va mulohazali fikrlash qobiliyatimizni to’sib qo’yadi. Shu sababli, tushkunlik vaqtida, biz hamma narsani yo’qotdik va hech qanday chiqish yo’li yo’q deb o’ylashni boshlaymiz. Ammo biz tinchlantirishimiz kerak bo’lgan qo’rquv va qayg’u bizni boshqaradi. Ko’pgina xolatlardan chiqish mumkin. Asosiy narsa vaqtida tinchlanish va yechimlarni izlashdir.
Salbiy tajriba ham tajriba hisoblanadi
Hayotdan faqat biz istagan narsalarni olish mumkin emas. Biz vaqti-vaqti bilan xatolar qilishimiz yoki kerak bo’lmagan harakatlar qilib qo’yishimiz mumkin. Lekin shu xatolar biz keyinchalik nimani o’zgartirishimiz kerak bo’lgan narsani ko’rsatadigan salbiy tajriba hisoblanadi. Ko’pincha u ijobiy tajribadan ko’ra juda foydalidir.
O’zingizni va boshqalarni kechiring
Sodir bo’lgan narsa qaytarilmaydi. Buni qabul qilishingiz muhimdir. O’z-o’zingizni kovlash bilan hech narsaga erisha olmaysiz. Bu ijobiy fikr yuritish va samarali mehnat qilish qobiliyatini bloklashi mumkin. O’zingizni va boshqalarni kechirishdan boshqa tanlov yo’q. Agar siz salbiy fikrlarni yig’sangiz, unda sizning hayotingiz faqat shunga to’la bo’ladi.
Siz o’ylagandan ko’ra hayotingizni yaxshilash imkoniyatlari ko’proqdir. Faqatgina harakatni boshlash kerak va yana xursandchilikni his etasiz. O’tmish qaytarilmaydi, lekin uni qayta tiklash mumkin: har qanday yo’qotilgan pulni boshidan toplash mumkin, romantika va sevgi yana qaytib kelishi mumkin. Siz o’zingizni qo’lga olishingiz kerak va shunda hayotingiz yaxshi tarafga o’zgaradi.
Ajoyib maqola maza qb oqidm.rahmat slaga
Sizga rahmat jajji qiz!