Ona bo’lish nimani anglatadi?

Ona bo’lish nimani anglatadi?

Ona bo’lish, odatdagi ishdan 2,5 barobar ko’proq ishlash deganidir!

Har bir inson onalar qahramondek hisoblanishini biladi, chunki onalik – bu soat 17:00 da tugamaydigan ish. U umuman va hech qachon tugamaydi.

Ilmiy tadqiqotlar har bir onani bilishini tasdiqladi: aslida bola tarbiyalash ishdan ko’ra ko’proq vaqt talab etadi! Olimlar 5 yoshdan 12 yoshgacha bolalari bo’lgan 2000 nafar onalardan intervyu olishdi va haftalik dasturlarini tahlil qilishdi.

Tadqiqot shuni ko’rsatdiki, o’rtacha onalarning ko’pchiligi erta tong soat 6:23 dan ishlay boshlaydi. U o’z ishini o’rtacha soat 8:31 da tugatadi. Ba’zi ish joylar kuniga 14 soat ishlashni talab qiladi, lekin onalar dam olish kunlarisiz ham ishlashlari mumkin.

19

Umuman olganda, onaning ish haftaligi 98 soatdan iborat bo’lib, bu oddiy ishlardan ikki yarim baravar ko’p deganidir. Tadqiqot shuni ko’rsatdiki, oddiy onaning har kuni o’zi uchun bir soat-u va yetti daqiqa vaqti bor ekan. Bu tushlikdan ozgina ko’proq.

Tadqiqot muallifi Kasey Lewisning Yahooga ta’kidlashicha, “So’rov natijalari onalarning roli va onalik vazifalari bilan doimiy kurashning qanchalik qiyinligini ta’kidlaydi”. Onalar yordamga muhtoj va qachon ularga eng yaxshi yordam berishini so’rashganida, ular qahva kerakligi, bir necha soat dam olishni va g’azabni chiqarib olish imkoni deb javob berishdi.

Boshqa yordamchi omillar qarindoshlarning enagalik qilib turishi, seriallar, tayyor ovqat, planshetlar, o’yinchoqlar kabi qutqaruvchi omillarni sanab o’tishdi.

Mana, ona bo’lish nimani anglatadi!

20

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulli

    Rahmat ajoyib maqola endi ona boʻlganda bilib olaman bularni ham oʻqib chiqdim u paytgacha hali ancha vaqtim bor erkalik qilib yashab qolay keyin bularni oʻqib chiqsam erkalikdan tushib qolaman ekan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social