Savolga javobimiz – maqsad bo’lsa, ha! Faqat qanday qilib? Tejamkor sayohat uchun nimalar qilishimiz kerak va qayerlarga borishimiz mumkin? Sayr-u sayohat xarajatlari qanchaga tushadi? Tajribadan o’tgan va ikkilanmasdan tavsiya qila oladigan foydali ma’lumotlarni sizlar bilan bo’lishamiz.
Eng avval…
Eng avvalo, sayohat rejangizni 5-6 oy yoki 1 yil oldindan tuzib qo’ying. Chunki safar uchun mablag’ yig’ishga vaqt ham bo’lishi kerak. Qancha mablag’ yig’ishingiz esa borayotgan mamlakatingizga ketadigan kunlik xarajatlaringizning taxminiy hisob-kitoblaringizdan kelib chiqib belgilanadi. Demak, qaysi davlatlarga borishingizni ham oldindan aniqlab oling.
Qaysi davlatlarda sayohat badali arzonroq?
Sayohat uchun eng hamyonbop davlat – bu Turkiya. Go’zal tarixiy obidalar va zamonaviy megapolis shaharlar uyg’unligi, dengiz, arzon bozor-u do’konlar, turk oshxonasining turli xil taomlari koloridi sizni o’ziga maftun etmasdan qolmaydi. Bu ro’yxatni Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya, Misr va Birlashgan arab amirliklari davlatlari bilan ham davom ettirish mumkin. Albatta, tanlov sizning ixtiyoringizda.
Nimalarga ahamiyat qaratish kerak?
Demak, siz safar qiladigan mamlakatni tanladingiz. Endigi qadam samolyot chiptasi. Bormoqchi bo’lgan shaharingizga chipta arzon bo’lishini istasangiz, ertaroq harakat qiling. Misol uchun 3 oy oldin sotib olib qo’ying. Sababi – muddat yaqinlashgani sayin bir oy oldin olsangiz ham, narxlar o’rtasidagi tafovut ikki baravardan ham oshib ketishi mumkin. Chiptalarni borish va qaytish uchun birdan sotib olsangiz, yanada arzonroqqa tushasiz. Internet orqali borayotgan shaharlaringizdagi ob-havo, pul birligi, mehmonxonalar, jamoat transportlari, oshxonalarning narxlari haqida oldindan ma’lumot olib qo’ying. Bu sizga shahar haqida birlamchi taassurot olishingizga yordam beradi. Iloji bo’lsa, mehmonxonalarni oldindan bron qilib qo’ying. Agar til bilmasangiz va sarguzashtlardan qo’rqsangiz, yaxshisi bu ishni sayyohlik agentliklariga qo’yib bering. Ular siz uchun samolyot chiptasi, aeroportdan mehmonxonagacha eltib qo’yish va joylashtirish, qolaversa, shahar aylantirish xizmatlarini zimmasiga oladi. Hamnyobop sayohat paketlari olish uchun bunda ham albatta 2-3 oy oldin agentliklarga murojaat qilishingiz kerak bo’ladi.
1 xaftalik sayohat qanchaga tushadi?
Mavzuimiz eng tejamkor sayohat xarajatlarini hisoblash bo’lgani uchun 3 oy oldin tuzilgan 1 xaftalik safarning taxminiy hisob-kitoblarini keltiramiz. Yuqorida biz sanab o’tgan davlatlarga samolyotning “ekonom” klassi chiptalari borish va qaytish uchun 3 oy oldin 350-400 AQSh dollari atrofida boshlanadi va qimmatlashib boradi. Mehmonxonalar ham qimmat emas. 15 AQSh dollaridan boshlanadigan narxlar 1 xafta uchun 100-105 AQSh dollaridan boshlanadi. Ayrimlarida bu narx ichida hatto nonushtasi ham bo’ladi. Shunda siz kunlik tushlik va kechki ovqat uchun qo’shimcha 10-15 AQSh dollari sarflaysiz. Bu esa bir xaftada 70-105 AQSh dollariga aylanadi. Bundan tashqari, siz jamoat transportlari, kemalar, plyajlar va boshqa qo’shimcha xarajatlar uchun 7 kunda 100 dollar atrofida mablag’ sarflaysiz. Shunda sizning bir xaftalik hamyonbop safaringiz 700 AQSh dollari atrofida bo’ladi. Xohlang o’zingiz mustaqil sayohat qiling yoki sayyohlik firmalari bilan guruhlarga qo’shilib boring. Unda ham narxlar tahminan shu atrofda baholanadi.
Qanchadan tejash kerak?
Ko’rib turganingizdek, hozirgi kunda chet el sayohatiga chiqish juda katta mablag’ talab qilmaydi. 1 xaftalik “ekonom” sayohat o’rtacha oylikning 3 baravari miqdoriga yaqin. Bir yilda bir marta safar qilishingiz uchun esa oyiga 600-650 ming so`m iqtisod qilib borsangiz kifoya. Ko’roqdan to’plasangiz, tezroq borasiz. Muhimi, maqsad va kuchli xohishda. Sizga doim aytadiganimiz esa safaringiz bexatar va unumli bo`lsin!
рахмат
juda foydali, raxmat
Turkiyaga borgim kevotti
2.5 mln sum oili bilan qatgayam borib bulardi
juda foydali raxmat iloji busa rossiyaga borgan bulardim
nima qilas Rossiyani?? uruw bowlidigan davlatni
ha rassiyada mani yaqinlarim borde sogindim ulani ushanga manga davlatni qizigi yu yaqinlarim dilga yaqinlarim bori uchun etgandim holos
a bumasa uzr, notogri twunibman
xar bitta insonda tushunmovchilik bup turadide xechqisi yu
oyligim 1 mln, qatga boroliman?
Isfandiyor uziz nima deb uyliysiz qayoqqa borarkansiz 1 mln bilan
samarqandga
ha shunisiga hamnshukur qilaverin Isfandiyor
hop
shunaqa shukur qilish kere
hamma narsaga wukur qilursa, he4 nimaga eriwomidi odam
yaxwi maqola
eh, manam bormoq4iman u bu yerga
shukur qilivurinchi Isfandiyor boshqasi buluvuradi
hop
unda omad sizga
Raxmat, sizgayam
Ha Isfandiyor arzimiydi yana bir bor omad unda sizga