Ko’pincha eng kuchli va chuqur hikoyalar eng oddiy va qisqa bo’ladi.
Eronlik Yashli Alizadeh ismli rejissyor oiladagi otaning qurbonligi haqidagi hikoyasi yurakga tegadigan tuyg’ularga sabab bo’ladi.
Birinchi kadrda – 2 juft poyafzal. Xotinining nafis oq rangli poyafzali va erining oddiy poyafzali.
Ko’p vaqt o’tmay, ularda bola tug’ildi.
Vaqt o’tmoqda. Yana bir bola tug’iladi.
Bolalar o’sib bormoqda.
Bolalar o’sib, o’z oilalarini yaratishga kirishadilar.
Ammo baribir otasining uyiga borishadi.
O’z farzandlari bilan mehmonga kelishadi.
Chap pastdagi burchakdagi o’simlikga qarang: uyda baxt va insonlar gavjum bo’lganda, u katta va chiroyli bo’lib o’sdi. Endi esa gul qurib qoldi.
Bu vaqtning barchasida bir narsa o’zgarmas qoladi – bu otaning poyafzalidir. U o’z sevimli insonini uchratganida sotib oldan yorqin va yangi poyafzali eskirib ketganiga bir qarang.
Bu hikoya achinarli ko’rinadi, lekin shunda ham sevgiga va iliqlikka to’ladir.
Yashli Alizadeh o’z filmini dunyodagi barcha otalarga bag’ishlagan.
O’z yaqinlaringizni bag’ringizga bosing. Ko’pincha ular qilgan qurbonliklar ko’rinmas bo’lishi mumkin, lekin hayotimizni yaxshilikka o’zgartirishga davom etmoqda.
Buni boshqa tarafi ham bor, erkak o’ziga albatta qarashi kerak. Shunda bolalari ham undan uyalmaydilar