Biz hayotimizda juda ko`p o`zlarini boshqalar bilan solishtirib yuruvchi insonlarni uchratamiz yoki ularga duch kelishimiz mumkin. Bazi hollarda esa, biz ham bu insonlardan mustasno emasmiz. O`zlarimizning yutuq va muvofaqiyatlarimiz har doyim boshqalarniki bilan solishtirib yuramiz. Eng achinarlisi shu ki, biz hatto farzandlarimizni ham bazi vaqtlar boshqa bir bolalar bilan solishtiramiz. Bu yaxshimi?
Boshqalar bilan o`zini solishtirish odati tomir – tomiri bilan yoshlik davrga, yani ota – onalarimiz bizlarni boshqa bir itoatkor va bilimdon bolalar bilan solishtirgan vaqtlarga borib taqaladi. Va bu bizga hozirda, balog`at yoshga etkanimizda ham o`z salbiy tasirini bermoqda. O`z hosilini bermoqda desam ham bo`ladi.
O`zlarimizni boshqalar bilan solishtirishimizga asosiy sabab bu bizning o`zligimiz. Bu o`zlik, boshqalarning o`zimizga nisbatan ijobiy baho berishi va hatto hasad qilishinii istaydi. Biz hohlaymizki, do`stlarimiz, yaqinlarimiz hatto qo`shnilarimiz ham bizning muvofaqiyatlarimiz xaqida gapirishini. Albatta bunday hollarda, bu biz uchun juda yoqimli. Lekin bu bizning xaqiqiy baxtli va shaxs bo`lib o`sishimizga xalaqit beradi.
Agar Siz har doyim o`zingizni boshqalar bilan solishtirib yuradigan bo`lsangiz, tayyor bo`ling! Chunki, har doyim sizdan da omadliroq va sizdanda muvofaqiyatli insonlar topiladi. Bu esa nafaqat kayfiyatimizga, balki o`zimiz haqimizda bo`lgan fikrimizni ham buzadi.
Sizning tuyg`ularingiz va kayfiyatingiz boshqalarning fikriga bog`liq bo`lib qoladi. Siz har doyim muvofaqiyatlaringiz uchun boshqalardan ijobiy fikrlarni kutib yurasiz, hatto oddiygina bozordan sotib olgan narsangiz uchun ham boshqalarning ijobiy fikriga tobe bo`lib qolasiz. Yangi mashina sotib olish kerak bo`lganida mablag`ingiz etmasligi, bu juda qiyin. Lekin mablag`ingiz etib, mashina sotib olganingizdan keyin og`ayningiz yoki do`stingiz siznikidan ham yaxshiroq mashina sotib oladigan bo`lsa, bu siz uchun oldingisidan ham og`ir bo`lishi mumkin. Albatta mashina majoziy obrazda misol keltirilgan. Bu erda mashina o`rnida mansab, pul, kiyim va hakazolar bo`lishi mumkin, lekin ma`no – mazmuni o`zgarmaydi. O`zingizni boshqalar bilan solishtiradigan bo`lsangiz, hech qachon shunchaki baxtli bo`la olmaysiz. Siz har doyim biron bir narsadan yoki kimdandir tobe bo`lib qolsiz.
Узгалар билан узимизни солиштириш менимча нотугри. Бошкалар билан хавасланса булади. Чунки яратувчимиз бизни уникал ва ажойиб килиб яратган. Барчамизнинг хилма хил булишимиз бу яратувчимизнинг ижоди. Узингиз бир фараз килинг, агар яратувчи барчамизни бир хил килиб яратганда нима буларди? Дунё кандай куринишга эга буларди?
Комилахон гапингиз тугри. Худо бизларни хархил килиб яратган. Харбирнинг шахсияти узига хос. Агар яратувчи бизани бирхил килиб яратганда унда хаммаёк жинни хона бупкетарди. Яшашши кизиги бумасди. Короче говоря мы все уникальны так и должно быть. Биза ким бупмизки яратувчини киган иши тугрисида спорить килсак. У яхширо билади.
Хаммамиз хар хилмиз. Худо бизани хархил килиб яратган. Хеч бир инсон бир бирига ухшамиди. Бу факт! Бирон кимсага ухшашга канча харакат кименг барибир ухшамисиз. Бизани хар хил ва уникал булишимиз бу Худонинг режаси буган. Эй укимаганла!
Yo’q! Bu xato