Qimmatbaho va yagona!

Qimmatbaho va yagona!

Bir kuni ustaning yoniga yosh yigit kelib va dedi:

-Men sening yoningga keldim, chunki o’zimni ayanchli va kerakmasdek his qilaman, yashagim ham kelmaydi. Hamma meni omadsiz, baxtsiz va tentak deb aytadi. Iltimos usta menga yordam bering!

Usta yigitga qarab, javob berdi:

-Kechirasanu, men hozir bandman va senga yordam berolmayman. Men bir muhim ishni hal qilishim kerak. Lekin menga ishimda yordam bersang, shunda men ham senga yordam berishim mumkin.

-Hursandchilik bilan yordam beraman Usta –dedi yigit. Ammo ikkinchi o’ringa o’tganidan xafa bo’ldi.

-Yaxshi – dedi usta va chap qo’lidagi kichik barmoqdan chiroyli toshli uzugini yechdi.

Otga minib bozorga bor! Men qarzimni qaytarishim uchun bu uzukni tezda sotishim kerak. Yuqori narxga sotishga harakat qil va oltin tangadan pastrog’iga rozi bo’lma! Bor va tezroq qaytib kel!

Yigit uzukni olib, ketdi. Bozorga borib, uzukni sotuvchilarga taklif qilishni boshladi va ular qiziqish bilan uzukni ko’rishni boshladi. Ammo uning narxi oltin tanga deb eshitganda, ular uzukga bo’lgan qiziqishini yo’qotishar edi. Ular yigitni yuziga qarab kulishar edi.

Shu payt bir qari sotuvchi unga bunday uzuk uchun bu juda katta narx ekanligi, bu uzuk uchun mis tangasini, ja borsa kumush tangani berishi mumkinligini tushuntirdi. Bu gapdan so’ng yigit xafa bo’ldi, chunki u usta aytgandek oltin tangadan pastroqqa sotmaslikni esga  oldi. Butun bozorni aylanib chiqib, barchaga uzukni taklif qildi. Lekin uni hech kim olmadi va yigit otiga minib orqaga qaytdi. Afsuslangancha ustaning yoniga kirib keldi.

-Usta men sizning iltimosingizni bajarolmadim. Bu uzukingiz uchun menga kumush tanga berishilari mumkin ekan, ammo siz aytgansiz oltindan kamroq bo’lmasin deb! Bu esa uzukning narxi emas ekan.

-Hozirgina sen eng muhim gapni aytding! – deb javob berdi Usta. – Uzukni sotishdan oldin, uning tannarxi ni (haqiqiy narxi)aniqlasang juda yaxshi bo’lar edi! Hech kim buni zargardan yaxshiroq bilmaydi. Zargarning oldiga borib, u bu uzukga qanch berishi mumkinligini so’ra. U senga nima taklif qilishiga qaramasdan, uzukni sotma va oldimga qaytib kel.

Yigit otiga minib zargarning oldiga ketdi. Zargar ko’p vaqt mobaynida uzukga qarab o’tirdi, keyin kichkina tarozga solib o’lchadi va nihoyat yigitga shunday dedi:

-Ustaga ayt, men hozir ellik sakkiz oltin tangadan ko’proq berolmayman. Agarda menga vaqt bersa, men uzukni yetmish oltin tangaga sotib olishim mumkin.

-Yetmish tanga?! – yigit hursand bo’lib, zargarga rahmat aytib va orqasiga qaytib ketdi.

Yigit qaytib ustaga bor gapni aytib berdi. Shunda usta shunday dedi:

17

Esda tut, sen – shu uzukdaysan. Qimmatbaho va yagona! Sening haqiqiy bahoingni faqatgina haqiqiy mutaxassis bilib berishi mumkin. Buni bozorda aylanib va birinchi duch kelgan insondan so’rashni nima keragi bor?!

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Amirxon

    Juda ajoyib hikoya. Har bir inson o’z hayotida shuni estdan chiqazmasligi kerak, har birimiz qimmatbaho va yagonamiz va hech kim bizni yerga urushga xaqqi yo’q.

  2. Dollar almashtiraman

    Bularkanu mashnaqa hikoyalani joylashtirsa. Mana bu hikoya desa buladi. Haligi povorotnikiladan minmarta yaxshi. Rahmat. Yordam berdila. Fikrlashga majburladila.

  3. Fazo.tv

    To’g’ri, Amirxon. Fikr bildirib o’tganingiz uchun rahmat! Do’stlaringiz bilan ham bo’lishishni unutmang!

  4. Fazo.tv

    Shu “haligi povorotniklar” ham kerakli maqola, chunki insonning hayoti ham juda muhim! Biz sizga yordam bera olganimizdan hursandmiz!

  5. Dollar almashtiraman

    Insonni hayoti povorotnidaga muhimmi? Lampochkadek muhimmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social