Barchaning hayotida ko`tarilishlar vaqti bo`ladi. Ishlarning barchasi o`ngidan keladi, omad kulib boqadi va hammasi silliq ketadi.
Shuningdek, shunaday vaqtlar bo`ladi-ki, hech nima o`xshamay qoladi, hammasini ko`ldan boy berasan, ishlar yurishmaydi, kayfiyat yo`q bo`ladi va hayot umuman qora yo`l bo`lib ko`rinadi. Aynan shu vaqtlarda o`zinga yana ishonish qiyin bo`ladi va oson tushkunlikga tushish mumkin, o`zingni va boshqalarni ayblashni boshlaysan.
Bu juda xavfli holat va unda qolish kerak emas. Biz sizga qiyinchiliklardan o`tishning 12 oddiy usullarni ko`rsatamiz, ularni ishlatish yoki ishlatmaslik bu sening qaroring!
1. Xattolaring – bu tajribang bir qismidir.
2. O`zingni boshqalar bilan solishtirma, chunki sen ular emassan.
3. Nimadir qilish uchun to`g`ri usul yo`q.
4. Seni tanqid qilgan insonlardan o`rgan.
5. O`z kuchsizliklaringni to`g`ri qabul qil.
6. O`tmishga sarguzashtlarga boy bo`lgan hayot deb qara.
7. Ko`pchilik bir xil muammolar bilan to`knashadi.
8. Aql – nisbiy tushuncha, o`ziga xurmat esa unday emas.
9. G`azabingni to`g`ri oqimga tushur.
10. Ishongan narsanga qattiq tur, hatto hech kim bunga ishonmasa ham.
11. Sen muhimsan. O`zingni qadrla, ko`proq mashq qil – maqsadga albatta erishasan.
12. Senga yaxshilikni tilayding insonlar orasida bo`l.
Esta tut qiyinchiliklar vaqtincha va ular o`tib ketadi. Bu dunyoda hamma narsaning o`z tayinlangan payti bor, har bir ishning o`z vaqti bor. Tug`ilishning ham, o`lishning ham o`z vaqti bor. Ekishning ham, ekilganni o`rishning ham o`z vaqti bor. Buzishning ham, qurishning ham o`z vaqti bor. yig`lashning ham, kulishning ham o`z vaqti bor. Ularning natijasi sen va boshqalar uchun yaxshi tajriba bo`ladi.