Qizining xonasini ertakdagi parilar uyiga aylantirgan otaning ijodi

Qizining xonasini ertakdagi parilar uyiga aylantirgan otaning ijodi

Har bir qiz qalban malika, sehrgar va farishtadir. Buni anglab yetgan ota-onalar esa qiziga shunga munosib tarzda munosabatda bo‘ladi. Bu borada Wday nashri taqdim etgan maqola qahramoni ham omadli. Oilasi qizining orzu-istaklarini tushunibgina qolmay, balki uni qo‘llab-quvvatlashga ham qaror qildi.

Qizaloq har doim o‘zining sehrli daraxtiga ega bo‘lishni, uning ichida o‘tirib kitob o‘qishni, ba’zan shoxlarga chiqishni xohlardi. Uning aksariyat tengdoshlari uchun bunday orzu tush bo‘lib qoldi. Lekin qizning dadasi haqiqiy qahramon.

Redams nikli erkak Reddit ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining jasorati haqida hikoya qildi. Birinchidan, u usta ham, duradgor ham, mebel ustasi ham emas. U video o‘yinlar bo‘yicha rassom. Ilhom olish uchun u bir nechta Disney filmlarini tomosha qildi va ishga kirishdi.

Dastlab u o‘sha sehrli daraxtni chizdi. Keyin maket yasadi. So‘ngra g‘oyani haqiqatga aylantirishga kirishdi: u daraxtning ramkasini payvandladi, uni to‘r bilan qopladi, yoritish uchun simlarni tortdi, maxsus beton aralashmasidan daraxt tanasini yasadi, shoxlarini bo‘yadi, bezak va chiroqlarni osib qo‘ydi. Daraxt tepasida hatto qush uyalari ham bor — besh dona.

Bu oddiy tuyilishi mumkin, lekin hamma narsa uchun bir yarim yil vaqt sarflandi. Ota bu vazifani bajarish uchun hatto payvandlash kurslarida o‘qishga majbur bo‘ldi. Ha, bu vaqt bilan birgalikda juda ko‘p pul ham talab qildi: bir yarim yil davomida ota to‘rt ming dollardan ko‘proq pul sarfladi.

“Bu oson emasdi, lekin doim yotoqxonada qizimning suratini saqlardim. Uning tabassumi menga qiyin damlarni yengishga yordam berdi ”, — deydi ota.

“Ammo u 13 yoshga to‘lgan paytdan qo‘rqaman, chunki bu yoshda xonadan bolalarga xos narsalarni chiqarib tashlashni talab qiladi”, — deydi qizning otasi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    койил good кули гулкан

  2. Aziza

    molodec good

  3. Isfandiyor

    Bunaqa otalani qul gul!

  4. Nosir

    Hammasini uzi qiganmi? qoyil good

  5. Malika

    acute

  6. .......

    Assalomu aliykum hammaga yaxshi chiqqan uy qiz va otasiga omad

  7. Nozima

    Mangayam qurib berila sorry

  8. Oybek

    Adressizi yozvorin, qurib beramn

  9. Nozima

    Quriwi bilasmi ozi?

  10. Oybek

    kanew, bumasa etmasdim cool

  11. Nozima

    Uylab kuraman, raxmat

  12. Oybek

    Yozarsiz laugh

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social