Uyda Yangi yil kayfiyatini yaratishning eng oson usuli bu qog‘oz qor parchalari yasashdir. “Noviy ochag” nashri uy sharoitida yasash mumkin bo‘lgan qor parchalarining bir necha turi bilan bo‘lishdi.
Qog‘oz qor parchasi yasashning eng oson usuli
A4 formatdagi qog‘oz suratdagi kabi ko‘rinishda buklanadi.
So‘ngra qog‘oz yuzasiga kerakli shakldagi naqsh chiziladi.
Qaychi yordamida chiziq bo‘ylab kesib chiqiladi.
Bu kabi qor parchalarni bir nechta qog‘ozdan yasash mumkin.
Natijada quyidagicha qor parchalar hosil bo‘ladi.
Naqshlar qog‘ozga chizilgan shakllarga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
Shuningdek, oddiy rangli qog‘ozdan ham qor parchalarini yasash mumkin. Buning uchun qog‘oz, qaychi, yelim va stepler kerak bo‘ladi.
Qog‘oz bo‘laklari 6 ta teng bo‘lakka bo‘linadi va ikki tomonidan suratdagidek ko‘rinishda qaychi bilan kesib chiqiladi.
So‘ngra yelim yordamida har ikki tomondagi qog‘oz yopishtirilib chiqiladi.
Hosil bo‘lgan yaproqchalar stepler yordamida birlashtiriladi.
Natijada mana shunday go‘zal qor parchasi hosil bo‘ladi.
Mazkur qor parchalari bilan uyda bayramona shukuhni yaratish mumkin. Bezaklar uchun ko‘p pul sarflashga hojat yo‘q.
Рахмат
Salom alaykum, yasab kuraman
Куда я зашел?
Rahmat, qilib korarman
Rahmat
Yangi yil bilan
Bayram utdi,ertaga iw
Yasab ko’raman