“Har bir inson istagan narsasini bajarish uchun uning qo’llari, oyoqlari, boshi va haftasiga 168 soati bor”.
Amerikalik tadbirkor, yozuvchi va o’qituvchi Robert Kiyosaki o’zining biznes va shaxsiy rivojlanish sohasidagi treninglari va kitoblari bilan juda mashhurdir. Kiyosakining eng mashhur kitobi – “Boy ota, kambag’al ota”.
“Yutqizishdan qo’rqmanglar. G’oliblar yutqizishdan qo’rqmaydi. Muvaffaqiyatsizlik – bu muvaffaqiyat yo’lining bir qismidir. Muvaffaqiyatsizliklardan qochadigan insonlar – muvaffaqiyatdan ham qochishadi”, – deydi tadbirkor.
“Men doimo hamma narsaga umidsizlik bilan qaraydigan insonlarga hayron qolaman. Ular bu hayotda hech narsaga erishilib bo’lmasligini va muvaffaqiyat faqat tanlangan kishilarga tegishli deb ishonishadi. Hullas, aziz umidsizlar. Uyda yotib, pivani ichib, millionlar haqida hayol suradiganlarga muvaffiqat kelmaydi. Muvaffaqiyat – harakat qilgan, hech voz kechmagan va qattiq ishlagan insonga keladi.”
Boshqalar bu sportchiga hech kim ishonmaydi va uning hech qanday imkoniyati yo’q aytsalar, lekin sportchi tanasining har bir hujayrasidagi og’rig’iga qaramasdan, sport zali tomon yursa va harakatni susaytirmasa, keyin esa bu bola Olimpiya chempioni bo’lganda muvaffaqiyat keladi.
Muvaffaqiyat, ota-onasi bolaligidan raqsning kasb emasligini va hayoldan bu foydasiz narsalarni chiqarib tashlashni aytsalar, ammo qiz kechasi va bo’sh vaqtlarida mashq qilish kerakligini va keyin mashhur koreografga aylanganda keladi.
Muvaffaqiyat, kambag’al oila a’zolaridan biri, potentsial investorlar eshiklari yonida kun o’tkazgan, kechalari u loyihalari bilan o’tirib, keyinchalik “mega-korporatsiya” boshlig’iga aylanganda keladi.
Muvaffaqiyat, agar inson minglab muvaffaqiyatsizliklarga va tushkunlikka qaramasdan, o’rnidan turib, yana o’z maqsadiga qaytadigan bo’lsa, orzu uchun ko’p fidokorlik qilganda keladi.
Hayotning rasvo ekanligini va bu narsada biror narsaga erishish mumkin emasligini aytishdan oldin,
- orzuingizni amalga oshirish uchun shaxsan nima qilganingizni o’ylab ko’ring?
- Kechalari qancha uxlamagansiz?
- Qancha jarohat olgansiz?
- Necha marotaba qoqilib, yiqilgansiz?
- Hech narsaga qaramasdan necha marta ishingizni tashamagansiz?
Oyoqlarim og’riyapti, juda charchaganman, vaqt yo’q, men iste’dodli emasman degan bahonalar bilan o’zingizni aldashni bas qiling. Bu hayotda hamma narsa bo’lishi mumkin. Agar siz unga ishonib, haqiqatan ham xohlasangiz, Albatta, hamma narsa bo’ladi! Dunyoda zabt etib bo’lmaydigan cho’qqining o’zi yo’q! “
Robert Kiyosaki
Robert Kiyosakidan ko`p narsalarni o`gansa bo`lar ekan
Kiyosaki ham dunyoning top 10 milliarderlaridan birimi? Lekin uning aytgan gaplari juda to’g’ri. Doimo olga yurish kerak. Doimo olg’a!!!
Salom Davronbek, ha, u milliarder va juda ko’p yaxshi ishlar qiladi va gaplariga quloq solish mumkin
Odam oylagan natijasiga erishish uchun pisixolik bolishi ham kerek demoqchimi R Kiosaki
Salom Imamaddin, ha shunday demoqchi edi
Robertning kitoblaridan ko’p narsa olsa bo’ladi hayotda
To’g’ri aytasiz Xasanboy, juda qiziq va foydali narsalar yozadilar
Kitoblarida yaxshi fikrlar bor” Sarmoya kiritish “kitobi tarjima qilinganmi.
Ha Robert Kiyosakiyning kitoblarida juda yaxshi va odamni ruhlantiruvchi g’oyalar ko’p man “boy bola va aqilli bola “kitobini o’qivomman sizlarga ham tavsiya qilaman
Salom BEHRUZ! Katta rahmat, kitob o’qishni yaxshi ko’rasizmi?
Robert Kiosakining “boy ota, kambag’al ota” kitobini o’qiganman. Shunchaki, ajoyib!
SAlom Sarvinoz! Juda zo’r kitob u. Boshqa kitoblari ham juda yaxshi yozilgan
Salom!
Men hozirda Robert Kiyosakining ,, Boy ota, kambagʻal ota,, kitobini o’qiyapman. U kitobdan juda ko’p narsalarni o’rgansa bo’lar ekan.
Robert Kiyosakining yana qanday kitoblarini tafsiya qilasiz .
Salom Ahrorbek, uning barcha kitoblarini o’qing, hammasi juda foydalidir.
Boy ota kambağal ota kitobini oʻqib chiqdim juda zor kitob ekan buni oʻqigan odam ancha moliya taraflama oʻsish boladi
Salom Islomjon Raimberdiyev, juda yaxshi kitob, to’g’ri aytasiz
Robert Kiyosaki soʻzlari ayni haqiqat oʻzimga nisbatan aytilganday boʻldi
Salom Rohilaxon marilova, fikringiz uchun katta raxmat, biz bilan qoling
Biografiyasini to’liq yozmapsilarda oilasi haqida
Salom.Men hozirda Robert Kiyosakining ”Boy ota kambag’al ota ”kitobini o’qimoqdaman.bu juda ajoyib kitob.bu kitobdagi,ayniqsa menga ”yaxshi o’qi,yaxshi bilim ol,ertaga bir kompaniya topib unda ishlaysan”degan kambag’al ota.Boy ota esa”yaxshi o’qi,yaxshi bilim ol,ertaga bir kompaniya topib,uni sotib olasan”deydi.oddiy so’zlar,ammo …..
Болани тугри тарбиялаш жуда мухим нарса!
Cash flow qanday oyin rich ded poor kitobida oxirida tafsiya berilgan ekan
Cash flow qanday oyin” rich ded poor” kitobida oxirida tafsiya berilgan ekan
Канака уйинакан?