Sport orqali qanday hayot darsliklarini olamiz?

Sport orqali qanday hayot darsliklarini olamiz?

Sport nafaqat tanangizga yaxshi ta’sir qiladi, balki astoydil qilingan mashqlar sizga yana donolikni a’to etadi. Bu orqali ishingiz va shaxsiy hayotingizda muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin. Barchamizga ma’lumki, sport ruhimizni kuchaytiradi. Siz zalda shug’ullansangiz yoki boshqa sport bilan shug’ullanishni boshlaganingizda uzoq va qiyin yo’lga otlangandek his qilasiz. Ho’sh, qanday hayot darsliklarini sport orqali olishimiz mumkin?

Sabrli bo’lish. Agarda sen zalda mashg’ulot o’tkazsang, sabrli bo’lishing kerak. Afsuski, ko’pgina insonlar mashqlarning natijasini keyingi kunda ko’rmoqchi bo’lishadi. Ammo bu haqiqatdan ancha uzoq. Chunki sog’lom, kuchli va chiroyli tanaga ega bo’lish ko’p vaqt oladi. Bu narsa ishdagi va shaxsiy hayotdagi muvaffaqiyatlarga tegishli. Agarda sen qo’ygan maqsadinga erishmoqchi bo’lsang, sabrli bo’lishing shart!

sabr

Qat’iylik. Bir marta harakat qilish yetmaydi. Domiy qilingan harakatgina natija ko’rsatadi. Sport zalida bir marotaba qilingan mashg’ulot tanani o’zgartirib qo’ymaydi. Ammo ko’pgina kichik qadamlar kerakli natijani beradi. Tirishqoqlik va harakatchanlik muhim omildir. Shunday ekan, tirishqoq, kuchli va harakatchan bo’lish muhim natajilarni beradi.

(35)

Intizomli bo’lish. Zalda ko’p mashq qilish va hamma kuchingni u erda qoldirishing mumkin. Ammo, mashg’ulotdan so’ng fast-foodga borib, barcha burgerlarni iste’mol qilsang, bu zalda qilingan mashg’ulot foyda bermasligi mumkin. Shunday ekan, hayotni tartibga solish lozim va har bir daqiqani foydali ishlatishni o’rganish kerak. Tartib ko’p narsaga erishishga yordam beradi va har bir harakatingni yanada muvaffaqiyatli qiladi.

(34)

Yaxshi narsa osonlikcha berilmaydi. Chiroyli tanaga ega bo’lish, bu og’riq va katta mehnat. Shuning uchun chiroyli tana ko’p yil mehnatni, ko’p kuch sarflashni va o’z-o’zini boshqarishni talab qiladi. Muvaffaqiyat – bir tekis narsa emas, hamda bu yo’lda albatta past va balandliklar bo’ladi. Shuning uchun maqsadga intilishda qat’iylik va dadillik kerak. Agarda bu dunyoda hamma narsa osonlik bilan berilganda va barcha istagan narsasiga osonlikcha erishganda edi, o’shanda “muvaffaqiyat” so’zi yo’q bo’lib ketar edi.

(33)

O’z-o’zini majbur qilish. Sport bilan shug’ulanishni boshlaganda, istagan narsaga erishish va yangi cho’qqilarni zabt etishning yagona yo’li – bu doim o’zingga yangi chaqiruvni tashlash va yanada ko’proq mashq qilishga o’zingni majbur qilish ekanligini tushunasan. Mushaklaring o’sishi uchun doim mashqlarni ko’paytirishingiz kerak. Ana shundagina tanang yaxshi tarafga o’zgarishni boshlaydi. Bu narsa hayotimizdagi boshqa sohalarga ham tegishlidir.

(36)

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Yaxshi hikoya. Bilasizlarmi, hozirgi kunda yoshlarning sportga bo’lgan qiziqishi odamni hursand qiladi. Masalan hozir ko’pchilik futbol o’ynash yoki trenajyorniy zallarga borishadi. Bunday qiziqishlar albatta kelajakda o’z foydasini beradi. Nafaqat o’zlariga, balki mamlakatimizga ham.

  2. dostlar en yaxshi sport turi qizlar va bolar uchun, ayniqsa bolar uchun bu trenajor zal! tana xam chiroyli boladi va sog’lik uchun xam foyda )))

  3. Eng zo’r sport bu suzish

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social