Til haqida

Til haqida

Biz insonlar har kuni ayrim so`zlarni bir necha bor takrorlaymiz. Masalan: “kerak”, “majbur”, “shunday” kabi so`zlarni.

Mana shu so`zlarni ishlatmasdan kim bilandir muloqot qilishning iloji bo`lmasa kerak. Masalan, bolalarimizga shunday deb aytamiz: “Sen doimo to`g`risini gapirishing kerak”. Ba`zi paytlarda esa “nima uchun”, “bunga nima deysan” degan gaplarni ham tez-tez eshitib turamiz. Umuman olganda, har bir inson va bolalar ham istagan gapini gapirish mumkin.

Lekin doimo to`g`ri va ma`noli gaplarni gapirsalar. Ko`pincha bizga kimdir sen shunday qilishing kerak deb aytsa, biroz jahlimiz chiqishi mumkin. Nima uchun men? Nimaga men qilishim kerak degan fikr albatta hayolimizdan o`tadi. Agar insonning xohishi bilan vazifasi bir-biriga to`g`ri kelmasa, shunday savollar boshlanadi, natijada insonning ichida buyruq beruvchiga nisbatan balki nafrat yoki bo`lmasa kurash boshlanib ketadi.

Gapiradigan gaplarimizni oldindan o`ylab, kimnidir xafa qilib qo`ymaymanmi degan fikrni hayolimizdan o`tqazib keyin gapirsa maqsadga muvofiq bo`lardi. Biz o`zbeklarda yana bir ajoyib maqol bor, ya`ni “hazilning tegi zil”, deb aytishadi.

Hazil yaxshi narsa, agar o`rni bo`lsa. Kim bilandir bemalol hazillashish mumkin. Agar u insonni yaxshi tanisangiz va sizning hazillaringizni ko`tara olishini bilsangiz. Lekin hamma narsani o`z o`rni bo`lgani kabi hazilning ham o`z o`rni bo`lmog`i kerak. Men har yili birinchi aprel` kuni o`z telefonimni uchirib qo`yishga harakat qilaman.

Sababi, do`stlarim va tanishlarim juda ko`p. Ularning barchasi hazilkash insonlar. Lekin orasida hazilni o`z o`rnida ishlatishni bilmaydiganlar ham bor deb ayta olaman. Men shaxsan gazetada o`zim o`qidim. Bir do`stimiz hazillashaman deb, butun bir oilani parokanda qilib yuborgan ekan. Natijada ikki kishi bevaqt olamdan ko`z yumadi.

Axir shirin suv beruvchi buloqdan qanday qilib bemaza suv chiqishi mumkin?! Buning iloji bo`lmagani kabi odamlar ham yomon gaplarni gapirishdan o`zlarini tiygani yaxshiroqdir. Dunyodagi barcha insonlar bir-biriga faqat yaxshi gaplarni gapirganlarida qanday ajoyib bo`lar edi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. xa xozir yoshlar gaplarini bir eshitingchi )))

  2. Номаълум

    gapimizga nima bubti ekan? xa zamonaviy gaplashamiz,eski uslibda 17-18 asr yashaganidek gaplashish kerakmi? zerikarliu

  3. Дунёдаги барча инсонлар бир-бирига фақат яхши гапларни гапирганларида қандай ажойиб бўлар эди.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social