Kelajakda kasb tanlash muammosi xar bir inson oldida paydo bo`ladi. Kimlardir yuqori oyliklarga e`tibor beradi, kimlardir oz maoshni olib o`z ishidan mamnun bo`ladi. Albatta ayrim hollarda o`z hayotida kerakli ishni topib, yaxshi maoshi bilan va o`z ishidan mamnun bo`lgan shunday omadli insonlarni hayotda ko`p uchratamiz.
Bunday insonlarni muvaffaqiyatli bo`lishining asosiy sababi, ular kasb sifatida o`zlarining sevimli mashg`ulotlarini tanlaganlar. Boshqa so`z bilan aytganda, o`zlarining xobbilarini kasb qilib tanlashadi. Shuning uchun, kelajakda kasb tanlashdan oldin, o`zingizni yaxshilab o`rganing, sevimli mashg`ulotingiz va qanday ishni yaxshi qila olasiz? Bular xaqida fikrlang.
Agarda siz avtomobil boshqarishni yoqtirsangiz, professionallar uchun o`quv kurslarida o`qib o`z mahoratingizni oshiring. Avtomobilni boshqarishni istagan yangi xohlovchilarga o`zingiz o`rgangan avtomobil boshqarish maxoratini ularga o`rgating va buning uchun yaxshi maosh olishingiz mumkin. Agarda boshqalarni o`qitishni xohlamasangiz – katta insonning shaxsiy xaydovchisi bo`lib ishlashingiz mumkin bo`ladi.
Surat olishni yoqtirsangiz va fotoapparatdan bir kun xam ajralishni istamasangiz – universitetga rassomlik fakul`tetiga o`qishga kirishigiz mumkin, u erda esa kamera bilan foydalanish qobiliyatni rivojlantirib, keyinchalik fotosalonda yoki to`ylarda va boshqa tadbirlarda ishlashingiz mumkin bo`ladi. Yoki fotograf bo`lib jurnallardan biriga ishga kirishingiz mumkin bo`ladi.
Agarda sizga komp`yuter o`yinlarni uynashdan tashqari xech nima yoqmas? Buning uchun ota-onagizdan bir necha bor tanqidlar eshitgandirsiz. Lekin shunday vaziyatlarda xam kelajakda kasb tanlashdan to`xtamang. Sababi komp`yuter o`yinlari va yangi programallarni test qilishingiz mumkin. Aynan bu kasb komp`yuter uyinlarda soatlab vaqt o`tkazishni sevuvchi insonlarga maqqul keladi. Buning uchun yaxshi maosh xam olishingiz mumkin.
Dunyoda yana ko`p va turli-tuman kasblar mavjud va yildan-yilga kasblar ko`payib bormoqda. Noumid bo`lmang va o`z kuchingizga ishoning – va siz aniq o`z ksbingizni topasiz, va bu kelajakda sizni va oilangizni tamirlab turadi.