Yaqin insonlarga va’da berib uni bajarasizmi?

Yaqin insonlarga va’da berib uni bajarasizmi?

Yaqin insonlarga va’da berib uni bajarasizmi? Ba’zida hayot tashvishlari kimga muhim ekanligimizni unutishga majbur qiladi. To’xtab va bizni sevadigan va kutadigan insonlar haqida ham o’ylashga vaqt topolmaymiz. Agarda siz yaqin insonlar va oila haqida unutsangiz, bu nimaga olib kelishi mumkinligini kim ham bilardi?

Ushbu hikoya katta oilaning otasi haqida, ya’ni qari inson haqida va u o’zining doimo band bo’lgan farzandlariga dars bermoqchi bo’ldi. Ota har yili ularni Yangi yilga kutar, archa bezatar, dasturxonni ham bezatar va o’ziga bayramona kiyimlar tanlar edi. Ammo farzandlari doim kelolmasligi haqida aytishar va keyingi yil albatta kelishga va’da berishar edilar. Yillar o’tib borar edi.

Buva yo’lg’izlikda qarib borar edi. Farzandlari kelmas va o’z vadasidan chiqmas edilar. Shunda qariya ota qa’tiy qaror qabul qildi. Shundan so’ng, barcha farzandlari va  qarindoshlari yomon xabar bilan xat oldilar. Ular darov uning yoniga ketishdi. Keyin nima sodir bo’ldi? Videoni ko’ring:

Qariya ota o’z o’limi haqida xabar jo’natgan. Shundan so’ng barcha uning uyiga shoshilishgan. Uyga kelishganda ularning ko’zi chiroyli qilib yasatilgan stolga va albatta tirik otalariga tushgan.  Shunda barcha birgalikda hursandchilik bilan bayramni o’tkazishadi.

Shunday yakun topgani albatta katta baxt. Qariya ota barcha oila a’zolariga va nevaralariga yaxshigina dars berdi.

Shunday ekan, yaqinlaringizga nima va’da berganingizni unutmang! Ularga ham vaqt toping toki keyin kech bo’lib qolmasin…

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ko’rib, yig’ladim cry

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social