Yaxshi ishchi yomonidan qanday farq qiladi?

Yaxshi ishchi yomonidan qanday farq qiladi?

Yaxshi hodim bo’lish, bu eng yaxshi o’ringa ega bo’lish, katta ish haqi olish va o’z sohasida ko’tarilish degan ma’nolarni anglatadi. Lekin ayrimlar bunday narsalar nimalarni talab qilishini bilishmaydi.

Yaxshi hodimlar kompaniya muvaffaqiyati uchun muhim bo’lgan insonlardir. Shuning uchun hodimlardan talab qilinadigan va ulardan kutiladigan narsalar juda muhimdir.


Bir yigit ishida ko’tarilishini kutib ko’p yillar davomida qunt bilan ishladi. U erta kelar va kech ketar edi, boshliqning barcha vazifalarni bajarar edi. Vaqt kelganida, uning o’rniga boshqa bir hodimni lavozimini oshirishdi.

G’azablangan yigit boshliqdan tushuntirish so’radi.

Boshliq shunday dedi:

– Javob berishimdan oldin, menga bir hizmat qil?

– Albatta, – dedi yigit.

– Do’konga borginda, apelsin sotib ol. Ularni men uyga olib borishim kerak.

Yigit rozi bo’lib, do’konga yo’l oldi. U qaytib kelganda, xo’jayin so’radi:

– Qanday apelsinlarni sotib olding?

– Bilmayman. Siz faqat apelsin sotib ol degan edingiz va men sotib oldim. Mana marhamat! – dedi yigit.

– Ular qancha turadi? – deb xo’jayini so’radi.

– Bilmayman. Siz menga $ 30 berdingiz. Bu chek va bu esa qaytimi.

– Rahmat, endi o’tirib, diqqat qil – dedi xo’jayini

Keyin u lavozimi oshgan hodimni chaqirdi va shu xizmatni unga ham buyurdi.

U qaytib kelganda, xo’jayin so’radi:

– Qanday apelsinlarni sotib olding?

– Ho’sh, do’konda turli navli apelsinlar bor ekan. Ispan, qizil va xokazo navlari. Men qaysi birini sotib olishni bilmas edim. Lekin siz apelsinlar uyingizga kerakligini aytgan edingiz va men uyingizga qo’ng’iroq qildim.

Uydigilaringiz mehmonlar kelishini va ularga apelsin sharbati qilmoqchi ekanliklarini aytishdi. Shunday qilib, men sharbat uchun eng yaxshi apelsin haqida savdo hodimidan so’radim. U ispan navi eng yaxshisi deb javob berdi va shuning uchun men ularni sotib oldim.

Qaytishda, men uyingizga ularni tashlab chiqdim. Uydigilaringiz juda ma’qul bo’ldi.

– Ular qancha turadi? – deb xo’jayini so’radi.

– Bu ham oson bo’lmadi. Shuning uchun yana bir bor uyingizga qo’ng’iroq qilib, qancha mehmonlar bo’lishi haqida so’radim. Ular 20 ta bo’ladi deb aytishdi.

So’ngra, sotuvchidan 20 ta mehmonlarga sharbat tayyorlash uchun qancha apelsin kerakligi haqida so’radim. Keyin menga chegirma berishini so’radim va u rozi bo’ldi!

Aslida, bir apelsin donasi 75 sent sotiladi, lekin men ularni 50 sentdan oldim. Mana chek va qaytimi.

Xo’jayin jilmaydi va dedi:

– Rahmat. Siz borishingiz mumkin.

U buning hammasini ko’rgan yigitga qaradi. U o’rnidan turib, chuqur xo’rsindi va dedi:

– Men hammasini tushundim.


Ikki hamkasblarning o’rtasida qanday farq bor edi?

Har ikkalasi ham apelsin sotib olishga jo’natildi  va ikkala bu ishni bajarishdi. Ikkinchisi ko’proq samaraliroq va tafsilotlarga ko’proq e’tibor bergan deb aytishimiz mumkin.

Lekin eng muhimi – niyatda. Birinchisi pul va nufuz haqida o’ylar edi. Ikkinchi esa – xo’jayinini hursand qilish va eng yaxshi hodim bo’lishni istagan.

Farq shunda …

Bu yondashuvga nima deysiz? Izohlaringizni kutib qolamiz!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Azizbek Hasanboyev

    Qoyil. Shunday fikrlar kutib qolamiz. Hodimni fikrlashini kengaytirush uchun nimalarvqilish kerak.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social