Yaxshi ko’rgan insonlaringizga g’amxo’rlik qilishni unutmang…

Yaxshi ko’rgan insonlaringizga g’amxo’rlik qilishni unutmang…

1. Haqiqatdan ham ularning yonida bo’ling.

Mobil telefoningizni ovozini o’chirib, chetga surib qo’ying. Chunki sizning yoningizda o’tirgan insondan hozir sizni hech kim chalg’itishi kerak emas. Bu insonga butunlay e’tiboringizni jalb qiling.

2. Diqqat bilan quloq soling.

Ba’zan suxbat paytida, biz o’zimiz fikrlarimizga berilib, boshqa insonni eshitmaymiz. Lekin bu inson sizga bor xis-tuyg’ularini aytib berayotgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun, barcha fikr va hayajonlaringizni chetga surib, yoningizdagi insonga quloq solib ko’ring.

3. Rostgo’y bo’ling.

Har qanday vaziyatda haqiqatni ayting. Boshqa insonni xafa qilaman deb, yolg’on gapirmang, chunki bitta yolg’on, boshqa yolg’on gaplarni kelib chiqazadi.

4. Boshqa insonni to’liqligicha qabul qilish.

Insonni qanchalik sevishingizga qaramasdan, uning kamchiliklarini ko’rmaslik bu xatodir. Lekin, bu kamchiliklar insonni inson qiladigan narsalardir.

5. Nima bo’lishidan qat’iy nazar sevish

Agar sizning sevgan insoningiz qaysar va injiq bo’lsa ham, uni seving. Chunki bu dunyoda faqat sevgi eng asosiy narsadir. Sevgi dunyoni o’zgartira oladi. Biz barchamizni sevsak, bu dunyo qanday bo’lishi mumkin…

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Menga bu faktlar juda ham yoqdi….

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social